Bu yil Navro‘z qanday nishonlanadi? Bayram dasturi tasdiqlandi

10.03.2026 | 18:381 дақиқа

Bu yilgi Navro‘z muborak Ramazon hayiti bayrami bilan hamohang tarzda nishonlanadi.

Bu yil Navro‘z qanday nishonlanadi? Bayram dasturi tasdiqlandi

O‘zbekistonda Navro‘z bayramini munosib nishonlash bo‘yicha «Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!» degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, madaniy-ma’naviy hamda targ‘ibot tadbirlari dasturi tasdiqlanadi. Mamlakat Prezidenti «2026 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Qaror bilan 2026-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita (Tashkiliy qo‘mita) tarkibi tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra, bu yilgi Navro‘z muborak Ramazon hayiti bayrami bilan hamohang tarzda nishonlanishi uning insonparvarlik tamoyillarini yanada kuchaytirishini inobatga olib, «Mehribonlik», «Saxovat» va «Muruvvat» uylarida yashayotgan shaxslar, holidan xabar olish tashkil etiladi.

«Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida belgilangan tadbirlar amalga oshiriladi, «Men ham ko‘chat ekaman» aksiyalari, umumxalq hasharlari tashkil etiladi.

Toshkent shahridagi «Yangi O‘zbekiston» majmuasida alohida dastur asosida xalq sayillari tashkil etiladi.

Теглар

Мавзуга оид