Logo

Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi

Paolo Zampolli Shavkat Mirziyoyevga Amerika prezidentning salomini yetkazdi.

Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi
Bugun, 28 avgust kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidentining global sherikliklar bo‘yicha maxsus vakili Paolo Zampollini qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.President 2 Qayd etilishicha, AQSH ma’muriyatining yuqori martabali vakili Shavkat Mirziyoyevga Donald Trampning samimiy salomi va O‘zbekiston mustaqilligi kuni munosabati bilan tabriklarini yetkazgan. Uchrashuvda O‘zbekiston bilan AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqilgan. «Turli darajalarda samarali aloqalar davom etayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Konstruktiv siyosiy muloqot rivojlanmoqda, faol parlamentlararo almashinuvlar amalga oshirilmoqda. O‘tgan oyda Kongressda O‘zbekiston kuni doirasidagi tadbirlar o‘tkazildi, bu yil kuzda Kengaytirilgan strategik sheriklik muloqotining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Xavfsizlik sohasida, terrorizm, ekstremizm va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish borasida samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan», - deyiladi xabarda. President 3 Ma’lumot uchun, AQSH an’anaviy ravishda O‘zbekistonning muhim iqtisodiy hamkori hisoblanadi. 2024 yilda tovar ayirboshlash hajmi 15 foizga ko‘paygan. Loyihalar portfeli 11 milliard dollardan oshgan. Joriy yil iyun oyida o‘tkazilgan Toshkent investitsiya forumida AQSHning 100 dan ortiq yetakchi kompaniyalari ishtirok etdi. Uchrashuvda mineral resurslar, aviatsiya, elektrotexnika, qishloq xo‘jaligi, raqamli texnologiyalar, moliya, innovatsiyalar, ta’lim va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surish uchun katta salohiyat mavjudligi qayd etildi. «S5+1» formati doirasida mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish muhim ekani ta’kidlangan. Bo‘lajak muloqotlar va qo‘shma tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqilgan.

Теглар

Мавзуга оид