Logo

«Ekstremal ob-havo» yaqinlashmoqda: BMT El-Nino kuchayishidan ogohlantirdi

Бугун 13:251 дақиқа

Jahon meteorologiya tashkiloti El-Nino tufayli jazirama, qurg‘oqchilik va kuchli yog‘ingarchilik xavfi ortishini bashorat qilmoqda.

«Ekstremal ob-havo» yaqinlashmoqda: BMT El-Nino kuchayishidan ogohlantirdi © Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva

Birlashgan Millatlar Tashkilotining ob-havoni kuzatish agentligi hukumatlar hamda gumanitar tashkilotlarni El-Nino hodisasi ortidan kelib chiqadigan jazirama, qurg‘oqchilik va kuchli yog‘ingarchilik kabi «ekstremal ob-havo hodisalari»ga tayyor turishga chaqirdi.

Jahon meteorologiya tashkiloti (JMT) 3-iyul kuni e’lon qilgan bayonotida El-Nino ta’siri allaqachon boshlanganini hamda iyuldan sentabrgacha bo‘lgan davrda u «kuchayishi kutilayotgani»ni ma’lum qildi.

Odatda El-Nino noyabr va fevral oylari oralig‘ida o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqadi.

BMT agentligi hukumatlar va gumanitar tashkilotlarga dehqonlar hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash rejalarini ishlab chiqishda yordam berish maqsadida iqlimga oid ma’lumotlar bazasi va erta ogohlantirish tizimlarini ishga tushirgan.

El-Nino o‘zi nima?

El-Nino – Tinch okeanining markaziy va sharqiy ekvatorial qismida suv yuzasi haroratini ko‘taruvchi tabiiy iqlim hodisasi bo‘lib, u butun dunyo bo‘ylab shamol, bosim va yog‘ingarchilik tizimlarida o‘zgarishlarga olib keladi.

Ushbu hodisa odatda har 2-7 yilda bir marta yuz beradi va 9 oydan 12 oygacha davom etadi.

Iqlim sharoitlari El-Nino va uning aksi bo‘lgan La-Nina o‘rtasida almashib turadi. Ularning oralig‘ida esa neytral holat kuzatiladi.

JMT global okean harorati iyun oyida qisman El-Nino ta’sirida yangi rekord darajaga yetganini ma’lum qildi.

Oxirgi El-Nino 2023 yilning tarixdagi eng issiq ikkinchi yil sifatida qayd etilishiga, 2024 yilning esa mutlaq rekord o‘rnatishiga sabab bo‘lgan edi.

Теглар

Мавзуга оид