Logo

Eng yaxshi mikrokredit va avtokredit stavkalarini qaysi banklar taklif qilmoqda?

Бугун 18:402 дақиқа

Markaziy bank 2026-yil 22-iyun holatiga ko‘ra, tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilgan mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarini e’lon qildi.

Eng yaxshi mikrokredit va avtokredit stavkalarini qaysi banklar taklif qilmoqda?

Markaziy bank 2026-yil 22-iyun holatiga ko‘ra, tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilgan mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarini e’lon qildi.

Yangi haftada avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 21,6 foizni, mikroqarzlar bo‘yicha esa 29,1 foizni tashkil qildi. O‘tgan haftada bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 21,5 va 29,6 foiz bo‘lgandi.

Mikroqarzlar

Mikroqarzlar segmentida eng past foiz stavkasi 23 foiz bilan «Aloqabank»da qayd etildi. Keyingi o‘rinlarda «Asia Alliance Bank» 24,4 foiz, «InFinbank» 24,7 foiz, «Milliy bank» va «Trastbank» 25 foizdan stavka bilan joylashdi.

Shuningdek, «BRB» 26 foiz, «Turonbank» 26,4 foiz, «Agrobank» 26,5 foiz, «Xalq banki» va «Mikrokreditbank» 26,6 foizdan, «OFB» 26,9 foiz, «Asakabank» 27 foiz, «SQB» 27,3 foiz hamda «Poytaxt bank» 27,4 foiz stavka bilan mikroqarz taklif qilmoqda.

Yuqori segmentda «Garant bank» 29,1 foiz, «Madad Invest bank» 30 foiz, «Universal bank» 30,2 foiz, «Hamkor bank» 30,3 foiz va «Apex Bank» 30,9 foiz stavka taklif qilmoqda.

Eng yuqori stavkalar «Ipoteka bank» 32,9 foiz, «Ipak Yo‘li banki» 33,6 foiz, «Davr bank» 34,4 foiz, «TBC Bank» 35,9 foiz, «Uzum Bank» 38 foiz, «AVO Bank» 39,9 foiz, «Anor bank» 40,9 foiz va «Tenge bank» 42,4 foizda qayd etildi.

1



Avtokreditlar


Avtokreditlar bo‘yicha eng past stavka 18,6 foiz bilan «BRB»da qayd etildi. Keyingi o‘rinlarda «Apex Bank» 19,5 foiz, «InFinbank» 19,8 foiz, «Garant bank» 19,9 foiz va «Aloqabank» 20,7 foiz stavka bilan joylashdi.

Shuningdek, «SQB» 21,3 foiz, «Davr bank» 21,5 foiz, «Ipak Yo‘li banki» 21,7 foiz, «Mikrokreditbank» 22,1 foiz, «Ipotekabank» 22,4 foiz, «Asakabank» va «OFB» 22,5 foizdan stavka bilan avtokredit ajratmoqda.

O‘rta segmentda «Milliy bank» 23,7 foiz, «Trastbank» 23,9 foiz, «Xalq banki» 24 foiz, «Agrobank» 24,5 foiz, «Asia Alliance Bank» va «Turonbank» 24,9 foizdan stavka taklif qilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, banklar orasida eng yuqori avtokredit stavkasi 26 foiz bilan «Hamkorbank»da qayd etilgan.

2

Теглар

Мавзуга оид