Logo

Eng yaxshi mikrokredit va avtokredit stavkalarini qaysi banklar taklif qilmoqda?

Markaziy bank mamlakatdagi tijorat banklari taklif qilayotgan mikroqarz va avtokreditlarning yangilangan foiz stavkalarini ma’lum qildi.

Eng yaxshi mikrokredit va avtokredit stavkalarini qaysi banklar taklif qilmoqda? © Shutterstock

Markaziy bank mamlakatdagi tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilayotgan mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarini yangiladi. 2026-yil 26-oktabr holatiga aholiga ajratilayotgan mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 27,9 foizni, avtokreditlar bo‘yicha esa 21,6 foizni tashkil etdi. O‘tgan haftada bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 28,3 va 21,4 foizni tashkil etgandi.

Mikroqarz stavkalari

Mikroqarzlar bo‘yicha eng past o‘rtacha foiz stavkasi «Mikrokreditbank»da qayd etilgan — 21,9 foiz. Keyingi o‘rinlarda «SQB» — 23,8 foiz, «Infinbank» — 24,0 foiz, «Asaka bank» — 24,2 foiz va «Trastbank» — 24,3 foiz bilan joylashgan.

Shuningdek, «Asia Alliance bank»da mikroqarz stavkasi 24,6 foiz, «Milliy bank»da 24,8 foiz, «Xalq banki»da 25,1 foiz, «Universal bank»da 25,2 foiz va «Aloqabank»da 25,3 foizni tashkil etmoqda.

«Agrobank»da bu ko‘rsatkich 25,6 foiz, «Ziraat bank»da 26,5 foiz, «Kapital bank»da 27,0 foiz va «Poytaxt bank»da 27,3 foizga teng.

Yuqoriroq stavkalar «OFB»da 27,8 foiz, «BRB»da 29,2 foiz, «Hamkorbank»da 30,2 foiz, «Garant bank»da 30,3 foiz va «Apex bank»da 31,4 foiz bilan qayd etilgan. «Ipoteka bank»da stavka 33,1 foiz, «Anor bank»da 34,4 foiz, «Davr bank»da 34,7 foiz, «Tenge bank»da 35,0 foiz va «Ipak yuli bank»da 36,1 foizni tashkil etmoqda.

«Uzum bank»da bu ko‘rsatkich 38,0 foiz, «AVO bank»da 39,9 foiz va «TBC bank»da 41,1 foizga yetgan. Taqdim etilgan ro‘yxatda mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 27,9 foizni tashkil etmoqda.

1



Avtokredit stavkalari

Avtokreditlar bo‘yicha eng past o‘rtacha foiz stavkasi «BRB»da — 18,0 foiz. Keyingi o‘rinlarda «Aloqabank» — 18,6 foiz, «Asaka bank» — 18,8 foiz va «Ipoteka bank» — 19,8 foiz bilan joylashgan.

«Ipak yuli bank» avtokreditlarni 21,0 foiz, «Asia Alliance bank» 21,1 foiz, «SQB» 21,2 foiz va «Milliy bank» 21,3 foiz stavkada taklif qilmoqda. «Turon bank» va «TBC bank»da stavka bir xil — 22,2 foiz. «Mikrokreditbank»da bu ko‘rsatkich 22,4 foiz, «Poytaxt bank»da 22,5 foiz va «OFB»da 22,7 foizni tashkil etmoqda.

Boshqa banklarda avtokredit stavkalari quyidagicha: «Trastbank» — 23,2 foiz, «Apex bank» — 23,7 foiz, «Garant bank» — 24,0 foiz, «Davr bank» — 25,3 foiz, «Hamkorbank» — 26,8 foiz va «Anor bank» — 28,5 foiz. Taqdim etilgan ro‘yxatda avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 21,6 foizni tashkil etmoqda.

2


Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston banklarida muammoli kreditlar hajmi 25 trln so‘mdan oshganligi haqida xabar berilgandi.

Теглар

Мавзуга оид

Eng yaxshi mikrokredit va avtokredit stavkalarini qaysi banklar taklif qilmoqda? | Vaqt.uz