Epshteyn fayllaridagi «Pitssa», «tuna» va «muzqaymoq»: Elitaning o‘z maxfiy tili bo‘lishi mumkin

17.02.2026 | 22:006 дақиқа

Epshteyn arxivlarining e’lon qilinishi elita vakillari orasidagi «maxfiy so‘zlar» borasidagi bahslarni jonlantirib, «Pitssageyt» nazariyasiga bo‘lgan qiziqishni qaytardi.

Epshteyn fayllaridagi «Pitssa», «tuna» va «muzqaymoq»: Elitaning o‘z maxfiy tili bo‘lishi mumkin © Foto: TRT Russian

AQSH Adliya vazirligi tomonidan Jeffri Epshteyn ishi bo‘yicha hajmi uch million sahifadan ortiq bo‘lgan ulkan hujjatlar to‘plamining chop etilishi yopiq jamiyatlar ichidagi muloqot usullari haqidagi muhokamalarning yangi to‘lqiniga sabab bo‘ldi. Odamlarning diqqatini ayrim atamalarning g‘ayritabiiy darajada tez-tez takrorlanishi tortdi va bu internetdagi bahslarda ehtimoliy «maxfiy kodlar» sifatida talqin qilina boshlandi. Bunday so‘zlar orasida oddiy oziq-ovqat mahsulotlarining nomlari muntazam uchrab turadi.

Shu bilan birga, ushbu materiallar paydo bo‘lishi fonida ilk bor 2016 yilda shakllangan «Pitssageyt» (Pizzagate) nazariyasiga qiziqish yana kuchaydi. O‘shanda forum ishtirokchilari «pishloqli pitssa» haqidagi suhbatlarga e’tibor qaratishgan edi — bu ibora CP (child pornography — bolalar pornografiyasi) abbreviaturasi bilan bog‘langan. Bu talqinlar noqonuniy faoliyatni muvofiqlashtirish uchun ishlatilgan yashirin til mavjudligi haqidagi taxminlarga asos bo‘ldi.

Epshteyn arxivlari e’lon qilingach, ushbu nazariya tarafdorlari avvalgi xulosalarni yangi hujjatlar bilan solishtira boshladi. Xususan, ko‘pchilik ayrim so‘zlarning ishlatilish statistikasiga e’tibor qaratdi: materiallarda «pitssa» so‘zi yuzlab marta uchraydi. «Pitssageyt» tarafdorlari uchun bunday takroriylik «oziq-ovqat» bilan bog‘liq so‘zlar yashirin aloqa tizimining bir qismi sifatida ishlatilgan bo‘lishi mumkin, degan fikrni quvvatlovchi dalil bo‘lib xizmat qildi.

2016 yil: «Pitssageyt» nazariyasi

«Pitssageyt»ning paydo bo‘lishi Xillari Klinton saylov shtabi rahbari Jon Podestaning shaxsiy yozishmalari e’lon qilinishi bilan bevosita bog‘liq. 2016 yil kuzida «WikiLeaks» xakerlik hujumi natijasida qo‘lga kiritilgan minglab elektron xatlarni ommaga oshkor qildi. Xatlarda asosan tashkiliy masalalar — uchrashuvlar, tadbirlar va saylov kampaniyasining logistikasi muhokama qilingan edi.

Biroq anonim forumlarda, birinchi navbatda «4chan» platformasining siyosiy bo‘limida Donald Tramp tarafdorlari bo‘lgan foydalanuvchilar ushbu yozishmalarni sinchiklab tahlil qilishga va ulardan yashirin ma’nolarni topishga kirishishdi. Ayniqsa, oziq-ovqat mahsulotlari — pitssa, pishloq va boshqa yeguliklarning tilga olinishi alohida diqqat markazida bo‘ldi. Forum ishtirokchilarining bir qismi bu kabi so‘zlar voyaga yetmaganlarni эксплuaтaция qilish bilan bog‘liq noqonuniy faoliyatning maxfiy kodlari bo‘lishi mumkin, degan taxminni ilgari surishdi. Garchi bu da’volar asosan tasodiflar va talqinlarga tayangan bo‘lsa-da, nazariya shiddat bilan tarqala boshladi.

Vashingtondagi «Comet Ping Pong» pitsseriyasi ushbu voqealarning markaziy obyektiga aylandi. Uning egasi, tadbirkor Jeyms Alefantis haqiqatan ham Demokratik partiyaning siyosiy doiralari bilan aloqada bo‘lgan va Klinton kampaniyasi uchun mablag‘ yig‘ishda ishtirok etgan.

Yozishmalar e’lon qilingach, o‘ng qanot faollari restoran bilan bog‘liq ijtimoiy tarmoqlar, fotosuratlar va har qanday xabarlarni diqqat bilan o‘rgana boshladi. Bolalar ishtirokidagi ayrim suratlar nazariya tarafdorlari tomonidan jinoiy tarmoq mavjudligining ehtimoliy dalili sifatida talqin qilindi.

Bu voqea «Reddit», «YouTube», «Facebook» va boshqa platformalar orasida tez tarqaldi. Foydalanuvchilar videotahlillar tayyorlashdi, o‘zlarining «tekshiruvlarini» e’lon qilishdi, siyosatchilar, tadbirkorlar va mashhurlar o‘rtasidagi taxminiy aloqalarning grafik chizmalarini tuzishdi.

2016 yil dekabr oyidagi hodisa ushbu voqealarning avj nuqtasi bo‘ldi. Shimoliy Karolina shtatida istiqomat qiluvchi 28 yoshli Edgar Uelch restoranda bolalar asirlikda ushlab turilganiga ishonib, Vashingtonga qurollangan holda keldi. U muassasa ichida o‘t ochdi. Hech kim jabrlanmagan bo‘lsa-da, bu voqea fitna nazariyasi qurolli hujumga sabab bo‘lgan eng shov-shuvli holatlardan biri sifatida tarixga kirdi. Tekshiruvlar davomida hech qanday jinoiy faoliyat alomatlari aniqlanmadi.

Vaqt o‘tishi bilan «Pitssageyt» alohida nazariya bo‘lishdan to‘xtab, kengroq konspirologik harakatlarning asosiga aylandi. Ular orasida eng mashhuri «QAnon» bo‘lib, bu harakat global siyosiy elitalar, maxsus xizmatlar va boshqa soyadagi tuzilmalar o‘rtasida yashirin kurash ketayotganini iddao qiladi. «QAnon» aslida «Pitssageyt»ning asosiy elementlarini — yashirin ta’sir tarmoqlari va kodlangan xabarlardan foydalanish g‘oyalarini meros qilib oldi.

2026 yil: Epshteyn fayllari

2026 yil boshida AQSH Adliya vazirligining misli ko‘rilmagan arxivi ommaga oshkor bo‘ldi: 3 million sahifadan ortiq hujjatlar Epshteyn tarmog‘ining haqiqiy ko‘lamini ochib berdi. Bunchalik katta hajmdagi ma’lumotlarning e’lon qilinishi porlagan bomba ta’sirini berdi: materiallarda yuzlab yuqori lavozimli shaxslar, jumladan, dunyo miqyosidagi siyosatchilar, biznes мaгнaтлaри va shou-biznes yulduzlarining nomlari keltirilgan. Epshteyn va uning sherigi Gisleyn Maksvell bilan aloqalari sinchiklab o‘rganilayotganlar orasida Bill Klinton, Donald Tramp, Bill Geyts, Ilon Mask, shahzoda Endryu va boshqa bir qator nufuzli shaxslar bor. Bu fayllarda ismi zikr etilgan barcha shaxslar jinoiy faoliyatga aloqador degani bo‘lmasa-da, turli soha vakillarining bunchalik keng qamrovda tilga olinishi Epshteyn tarmog‘i shunchaki mahalliy jinoiy guruh emas, balki global elita vakillari bilan bog‘liq tizimli hodisa bo‘lishi mumkinligi haqidagi taxminlarni kuchaytirmoqda.

Shu fondda shifrlangan muloqotlar mavzusi yangi kuch bilan avj oldi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari e’lon qilingan yozishmalarni faol tahlil qila boshlashdi va undagi statistik g‘alatilikka e’tibor qaratishdi: masalan, materiallarda «pitssa» so‘zi 900-martadan ko‘p uchraydi. Bundan tashqari, hujjatlarda «xot-dog», «muzqaymoq» va «pishloq» kabi so‘zlar muntazam ishlatilgan bo‘lib, bir qator muloqotlarda ularning qo‘llanilishi kundalik suhbat yoki taomnoma muhokamasiga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi.

«Epshteyn kodlari» lug‘atlarida oddiy «tovuq sho‘rva» yoki «qaymoqli pishloq» ortida bolalar эксплuaтaцияси, «organik sabzi» ortida esa muayyan tashqi ko‘rinishdagi qurbonlarni izlash yashiringani taxmin qilinmoqda. Hatto «yong‘oq» yoki «sous» kabi tafsilotlar ham qandaydir signallar sifatida qabul qilinmoqda.

Rasmiy faktchekerlar (ma’lumot tekshiruvchilar) bu iboralarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’noda — mehmonlar uchun menyu va gazak muhokamasi deb talqin qilishda davom etayotgan bo‘lsa-da, tarmoqda bu iboralar tamomila boshqacha va kutilgan natijani berdi.

Ayniqsa, «dudlangan go‘sht» yetkazib berish haqidagi xatlar va «Muzlatilgan oq tuna бaлиғини nima qilamiz?» degan savol katta qiziqish uyg‘otdi. Ko‘pchilik bu atamalarni qurbonlarni jinsi, yoshi va tipiga qarab tasniflash tizimining elementlari deb hisoblamoqda. Konspirologlar «dudlangan go‘sht» deganda inson go‘shtini, «muzlatilgan oq tuna» deganda esa hayotdan ko‘z yumgan oq tanli ayollarning jasadlarini tushuna boshlashdi.

Bu shubhalarni manzil egasining shaxsi yanada alangalatdi: bu yetkazib berishlarni muvofiqlashtirish bilan Frensis Derbi shug‘ullangan. U o‘sha vaqtda Los-Anjelesdagi «Kannibal» (Odamxo‘r) deb nomlangan elita restoranda ishlagan haqiqiy bosh oshpazdir. Garchi ba’zilar muassasa nomi shunchaki tasodif ekanini va u sportchilardan birining laqabidan olinganini ta’kidlasa-da, bu vaziyat shubhalarni kamaytirmadi.

Tergov «tuna» bu baliq emasligini, «muzqaymoq» esa desert emasligini rasman tasdiqlamagan bo‘lsa-da, ishdagi shaxslarning muloqot tarzi eng dahshatli gumonlar uchun zamin yaratmoqda. Bu yerda voqelik va fitna nazariyasi o‘rtasidagi chegara butunlay yo‘qolib bormoqda.

Hujjatlarning bu qismi elita iste’moli niqobi ortida qandaydir marosim yashiringan bo‘lishi mumkinligiga ishonganlar uchun «aysbergning uchi» bo‘lib xizmat qildi. Bunday talqinlar yillar davomida shu kabi dahshatlarni odatiy holga aylantirgan «global shaytoniy sig‘inish» va «milliarder-kanniballar» haqidagi nazariyalarni oziqlantirmoqda. Epshteynning isbotlangan jinoyatlari kontekstida muzlatilgan baliqni «nima qilish» haqidagi muhokama ko‘pchilik uchun dalillarni yo‘q qilish bo‘yicha yo‘riqnoma bo‘lib ko‘rinmoqda.

Dalillarni yo‘q qilish haqida gap ketganda, Epshteyn tomonidan sanoat miqyosida sotib olingan ko‘p miqdordagi kislota haqida ham ma’lum bo‘ldi. Hujjatlarda uning shaxsiy mulklariga muntazam ravishda sulfat kislotasi yetkazib berilgani qayd etilgan. Kriminalistikada bunday moddalar mash’um obro‘ga ega: ulardan organik to‘qimalarni eritish va biologik izlarni butunlay yo‘q qilish uchun foydalaniladi.

 

Теглар

Мавзуга оид