Logo

Eyfel minorasi jaziramada 10 santimetrga o‘sdi

Бугун 20:201 дақиқа

Iyun oyi o‘rtalarida Yevropada anomal issiq ob-havo kuzatildi.

Eyfel minorasi jaziramada 10 santimetrga o‘sdi

Parijdagi kuchli jazirama issiq tufayli Eyfel minorasining balandligi 10 santimetrga oshdi. Bu haqda me’mor va muhandis Bertran Lemuan RTL radiostansiyasi efirida ma’lum qildi.

Mutaxassisning tushuntirishicha, harorat minus 10 dan plyus 40 darajagacha o‘zgarganda, minora taxminan 10 santimetrga o‘sadi. Bu har 10 daraja issiqlik uchun ikki santimetrdan to‘g‘ri keladi. Me’morning ta’kidlashicha, minora konstruksiyasida ishlatilgan pudling temir issiqlik ta’sirida kengayadi va harorat pasayganda yana torayadi. Shu bilan birga, u bu o‘zgarishlar inson ko‘zi uchun ilg‘ab bo‘lmas darajada ekanini qo‘shimcha qildi.

Yevropa bo‘ylab anomal issiqlik va uning oqibatlari

Iyun oyi o‘rtalarida Yevropada anomal issiq ob-havo kuzatildi va ayrim mamlakatlarda harorat ko‘rsatkichi 40 darajadan oshdi. Fransiya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya va Italiyada ob-havo xavfining eng yuqori — qizil darajasi joriy qilindi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesusning ma’lum qilishicha, so‘nggi bir hafta ichida Yevropada anomal issiqlik oqibatida 1300 dan ortiq kishi halok bo‘lgan.

Теглар

Мавзуга оид