G‘iyos Boytayev, Munisa Rizayeva, Yodgor Sa’diyev: Prezident bir guruh ijodkorlarni mukofotladi
O‘zbekistonda madaniyat, san’at va adabiyot sohalari rivojiga hissa qo‘shgan bir guruh ijodkorlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoniga asosan G‘iyos Boytayev, Rustamjon G‘oipov, Matyoqub Matchanov, Uchqun Tillayev, Abdurahmon Holtajiyev, Ra’no Yarasheva «O‘zbekiston xalq artisti» faxriy unvoni bilan taqdirlandi.
© Ijtimoiy tarmoqlarPrezident Farmoni bilan teatr, kino, musiqa, estrada va boshqa ijodiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan qator san’at namoyandalari turli davlat mukofotlari, orden va medallar bilan taqdirlandi.
«O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti» faxriy unvoni bilan
Boytayev G‘iyos Axmadkulovich - O‘zbekiston davlat filarmoniyasi xonandasi
Gaipov Rustamjan - «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi xonandasi
Matchanov Matyaqub Sadullayevich - O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi raisi, kinoaktyor
Tillayev Uchkun To‘rayevich - Ichki ishlar vazirligining madaniyat saroyi badiiy rahbari, aktyor
Xoltadjiyev Abduraxman Akbarovich - O‘zbek milliy maqom san’ati markazining Yunus Rajabiy nomidagi «Maqom» ansambli artist-sozandasi
Yarashova Ra’no Sayfiddinovna - O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori
«O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi» faxriy unvoni bilan
Eshboyev Maxammad Temiraliyevich - Jarqo‘rg‘on tumanidagi 5-bolalar musiqa va san’at maktabi o‘qituvchisi, baxshi, Surxondaryo viloyati
«O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi» faxriy unvoni bilan
Maxmudov Mavzur Mansurovich - Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining teatr bezagi rangtasviri kafedrasi dotsenti, rassom
«O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi» faxriy unvoni bilan
Fayzullayev Xikmatulla Rashidovich - Respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatining rassomlik bo‘limi o‘qituvchisi, naqqosh
«O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri» faxriy unvoni bilan
Salimova Sharipa - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist» faxriy unvoni bilan
Mamazoitov Otabek Mamadaliyevich - O‘zbekiston davlat filarmoniyasining Farg‘ona viloyati bo‘linmasi xonandasi
Muminov Tolib Teshayevich - O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori
Otajanova Masuda Yuldashevna - Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatri solist-vokalisti
Rasulov Xurshid Numonovich - «Xalqlar do‘stligi» ansambli estrada xonandasi
Raximdjanova Ilmira Riskaliyevna - «Art house Hamsa» xususiy teatri rahbari, aktrisa
Rizayeva Munisaxon Baxodirovna - «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi xonandasi
Xolmuminov Asqar Sayfullayevich - O‘zbek Milliy akademik drama teatri bosh rejissyori
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni bilan
Abdurasulov Xaytimmat - O‘zbekiston Teatr arboblari uyushmasi a’zosi, dramaturg
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» faxriy unvoni bilan
Artikova Nailya Aleksandrovna - O‘zbekiston davlat filarmoniyasining «Bulbulcha» bolalar ansambli badiiy rahbari
Davlatov Olim Davlatovich - Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi direktori, adabiyotshunos
Yernazarov Beknazar - Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi mas’ul kotibi, yozuvchi
Mirzayeva Zebo Boymanovna - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira
Ergashev Botirjon Yuldashevich - Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti direktori, shoir
«Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan
Komilov Erkinboy - O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori
Sagdiyev Yodgar Xabibovich - O‘zbek Milliy akademik drama teatri direktori, aktyor
«El-yurt hurmati» ordeni bilan
A’zamov Erkin Normamatovich - «Tafakkur» jurnali bosh muharriri, yozuvchi
Musaqov Zulfiqor Jalalovich - «O‘zbekfilm» kinokonserni» davlat muassasasi postanovkachi rejissyori
Xalilova Mavluda Boltayevna (Matluba Dadaboyeva) - Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining maqom xonandaligi kafedrasi professori, maqom xonandasi
«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan
Abdullayeva Raisa Uraimovna - Jizzax viloyati musiqali drama teatri artisti
Azimov Usmonqul - O‘zbek Milliy akademik drama teatri adabiy bo‘limi mudiri, shoir
Atabayev Davronbek Jumanazarovich - Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri direktori
Bakayev Ubaydullo Amonovich - Buxoro viloyati musiqali drama teatri rejissyori
Muxamedkarimov Bexzod Abdulazizovich - O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori
Nuritdinov Xayrulla Boqijonovich - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari
Raimdjanov Anvar Xusainovich - O‘zbekiston davlat filarmoniyasining «O‘zbekiston solistlari» kamer orkestri badiiy rahbari
Umarbekov Javlyat Yusupovich - Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining dastgohli rangtasvir kafedrasi professori, rassom
Umarova Salima Baxronovna - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira, Navoiy viloyati
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
Abdullayeva Muxabbat Xojialimovna - O‘zbekiston davlat drama teatri artisti
Abdurashidov Abdulaxat - O‘zbek milliy maqom san’ati markazining Yunus Rajabiy nomidagi «Maqom» ansambli sozandasi
Azizbayev Saloxiddin Sadullayevich - Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining maqom cholg‘u ijrochiligi kafedrasi professori, xonanda
Amriddinov Shaxobiddin Najmiddinovich - O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, ganchkor usta, Samarqand viloyati
Atadjanov Azamat Bekchanovich - Urganch maqom san’atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori, xonanda, Xorazm viloyati
Axmedov Jaxongir Adilxojayevich -Bolalar kontentini rivojlantirish markazi direktori, kinorejissyor
Ahmed Jasim Abbas Al-Zubaidi - O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining arab tili tarjimasi nazariyasi va amaliyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi
Bekchanova Mexrijon Gulamovna - Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatri solist-vokalisti
Jurayev Ashurali Achilovich - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi
Islamov Elmurat Muxutovich - O‘zbekiston davlat filarmoniyasining «Bek» milliy doirachilar guruhi badiiy rahbari
Kadirov O‘tkIr Sakidjonovich - «Sato» guruhi a’zosi, g‘ijjak sozandasi
Karimova Roza Mashurovna - O‘zbekiston davlat satira teatri faxriy artisti
Matyaqubov Otanazar - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining o‘zbek musiqasi tarixi kafedrasi dotsenti, musiqashunos
Muhammad Abbos Xan - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faxriy a’zosi, yozuvchi va publitsist
Nasirov Elyor Rasulevich - O‘zbekiston davlat drama teatri yetakchi sahna ustasi, aktyor
Nomozov Maxmud Almatovich - «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi xonandasi
Norkobilov Normurat - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi
Raxmatullayeva Zamira Sultanovna - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining musiqiy pedagogika kafedrasi dotsenti, qashqar rubobi sozandasi
Sadikov Toxir Baxramdjanovich - «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi xonandasi
Tolipov Shuxrat Mannapovich - O‘zbekiston davlat filarmoniyasining Davlat akademik xalq cholg‘ulari orkestri badiiy rahbari
Xojiyev Tolib Tojiyevich - O‘zbekiston davlat yoshlar teatri yetakchi sahna ustasi, aktyor
Shodmanov Shoxrux Uktamovich - «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi xonandasi
Yuldashev Abdikayum Turgunbayevich - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi
Yunusova Sayyora Abdullajanovna - O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori
«Do‘stlik» ordeni bilan
Abdullayev Yevgeniy Viktorovich - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi, shoir va tarjimon
Abduraximov Qaxraman - O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori
Abidov Shorustam Fayzullayevich - O‘zbekiston davlat filarmoniyasi rejissyori
Aliqulov Muradilla Ximmatovich - Nishon tumani madaniyat bo‘limining baxshichilik to‘garagi rahbari, baxshi, Qashqadaryo viloyati
Alimaxsumov Kamoliddin Moxirovich - maqom xonandasi
Allabergenov O‘lmas Xudayarovich - «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi xonandasi
Apuxtin Viktor Olegovich - O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, grafik rassom, Toshkent shahri
Argonov Shaxriyor A’loyevich - «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi xonandasi
Baymuratov Ashurkul - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir, Toshkent viloyati
Boymurodov Sherzod Anvarovich - O‘zbekiston davlat yoshlar teatri aktyori
Vaxrusheva Nina Semenovna - Bo‘stonliq tumani madaniyat bo‘limining «Qizil chinnigul» faxriylar xor jamoasi badiiy rahbari, Toshkent viloyati
G‘aniyev Anvarjon Jumabayevich - O‘zbekiston davlat filarmoniyasi xonandasi
Jumayev Aleksandr Babaniyazovich - Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot institutining yetakchi ilmiy xodimi
Jololova Xolisxon Yangiboyevna - Buloqboshi tumani madaniyat bo‘limi mudiri, Andijon viloyati
Jumanov Gaybulla Ibragimovich - O‘zbekiston davlat drama teatri artisti
Zakirova Barno Abzalovna - O‘zbekiston davlat akademik rus drama teatri truppa mudiri
Isaqjanov Xasan - P.Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabining amaliy grafika fani o‘qituvchisi
Ismiyaminova Tursinoy Sattarovna - Olmaliq shahar madaniyat bo‘limining «Navbahor» folklor-etnografik xalq jamoasi rahbari, Toshkent viloyati
Qodirov Ulug‘bek Nosirovich - O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi a’zosi, aktyor
Komilov Ostanaqul Odilovich - Qashqadaryo viloyati ko‘zi ojizlar kutubxonasi direktori
Matanov Ikrom Yuldashevich - O‘zbek milliy maqom san’ati markazining Yunus Rajabiy nomidagi «Maqom» ancambli artist-cozandaci
Mamajonov Baxodir Akramovich - «O‘zbekkonsert» davlat muassasasining Farg‘ona viloyati bo‘limi xonandasi
Mignarev Abduxalil Abdullayevich - O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi a’zosi, kinoaktyor
Muratov Rustam Saydimalikovich - O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi a’zosi, kinooperator
Narqazaqov Maxmud Mamadaliyevich - Forish tumani madaniyat bo‘limi mudiri, Jizzax viloyati
Nasirova Buritosh - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, publitsist, Qashqadaryo viloyati
Ochilov Utkirjon Umarkulovich - Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri aktyori, Samarqand viloyati
Raximov Egamberdi Shamatovich - O‘zbekiston davlat drama teatri artisti
Raxmanova Gulnora - erkin ijodkor, rassom
Raxmonov Damir Uktamovich - Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri opera solisti
Rejametova Nilufar Ilxamovna - Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining musiqiy ta’lim kafedrasi dotsenti, san’atshunos
Sidikov Xabijon - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi, Andijon viloyati
Toshmetov Boltaboy Namanovich - «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi badiiy so‘z ustasi, qiziqchi
Uzoqov Alisher Muxamadjonovich - O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi a’zosi, kinoaktyor
Umarov Mamur Botashikovich - O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining san’atshunoslik va madaniyatshunoslik kafedrasi professori
Fayzullayev Anvar Raxmatillayevich - O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining ovoz rejissyorligi va operatorlik mahorati kafedrasi o‘qituvchisi
Xakimov Nabijon - Mirzaobod tumani madaniyat bo‘limining «Dilrabo» bolalar ashula va raqs ansambli musiqa rahbari, Sirdaryo viloyati
Xasanov Zarif Olimovich - «Silk Route Marionettes» teatr-studiyasi rejissyori
Xojamberdiyeva Zamiraxon - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira
Xudayberdiyev Mansur - Kattaqo‘rg‘on tumani madaniyat bo‘limining «Zarafshon» ashula va raqs xalq dastasi badiiy rahbari, Samarqand viloyati
Shamshiyev Valijon Adxamovich - badiiy so‘z ustasi, qiziqchi
Sherezdanov Ruslan Radikovich - O‘zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri bosh rejissyori
Ergashova Moxira Turopovna - Kasbi tumanidagi madaniyat bo‘limining «Kulol shodasi» folklor-etnografik xalq ansambli badiiy rahbari, Qashqadaryo viloyati
Yusupova Gulchexra Urmanovna - faxriy baletmeyster
II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan
Ziyayeva Malikaxon - Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining maqom cholg‘u ijrochiligi kafedrasi professori, dutor cholg‘u ijrochisi
Tulyaxojayeva Muxabbat Turobovna - O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining san’atshunoslik va madaniyatshunoslik kafedrasi professori
«Kelajak bunyodkori» medali bilan
Ibragimov Shahriyor Shavkat o‘g‘li - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir
Mamarajabova Navro‘za Rustam qizi - Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri opera solisti
Meliboyev Elyor Zuxriddin o‘g‘li - «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi xonandasi
Muxtarov Lazizbek Ulug‘bek o‘g‘li - O‘zbek milliy maqom san’ati markazining Yunus Rajabiy nomidagi «Maqom» ansambli xonandasi
Sirajev Shohruh Toxir o‘g‘li - «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi ovoz operatori, prodyuser, didjey
Toreyeva Janar Qutlimurat qizi - Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri balet artisti
Xamdamov Shoxrux Baxodirjon o‘g‘li - Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk kolleji o‘qituvchisi, aktyor
Ergashev Shohruhbek Abdullajon o‘g‘li - «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi xonandasi
«Shuhrat» medali bilan
Abduazimov Azizjon Xasanboy o‘g‘li - Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatri artist-maqomchisi, Farg‘ona viloyati
Avezov Rauf Rasulovich - O‘zbekiston davlat filarmoniyasining Buxoro viloyati bo‘linmasi direktori
Agzamov Doniyor Baxtiyorovich - Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutining musiqiy ovoz rejissyorligi kafedrasi katta o‘qituvchisi
Azizov Shuxrat Mengziyayevich - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir
Ataqulova Dilfuza Nurullayevna - O‘zbekiston davlat filarmoniyasining «Lazgi» ansambli baletmeysteri
Axmedova Fazilat Botirovna - O‘zbekiston davlat filarmoniyasi solist-vokalisti
Babayev Xojayaz Jumaniyazovich - Madaniy meros obyektlari restavratsiyasi direksiyasining Nukus mintaqaviy restavratsiya markazi direktori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Baybosinova Seniya Sarsenbayevna - Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari
Varisov Saidakbar Asrarovich - Madaniy meros ilmiy-tadqiqot institutining janubiy hududlar bo‘yicha loyihalash bo‘limi boshlig‘i
Gaibnazarova Nigora Anorbayevna - Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri bosh rejissyori
Ibragimov Jaxongir Baxtiyorovich - O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi a’zosi, postanovkachi operator
Ibragimova Gulchexra Shaxobiddinovna - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira
Izentayeva Gulbaxar Jollibayevna - I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi direktori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Qodirov Maxamad Po‘latovich - Namangan viloyati madaniy meros boshqarmasi boshlig‘i
Kalmuratov Nurlan Yusupovich - «Ayqulash» qoraqalpoq davlat milliy folklor ansambli raqqosi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Karimov Abduvoxid Bozorovich - Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, kulol va rassom, Toshkent shahri
Qo‘qanov Abdujalil Xolmatovich - «O‘zbekkonsert» davlat muassasasining Farg‘ona viloyati bo‘limi xonandasi
Qo‘ldoshev Bayramali - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi
Qurbonaliyev Boburjon Dilshod o‘g‘li - O‘zbekiston davlat filarmoniyasining Botir Zokirov nomidagi milliy estrada simfonik orkestri bosh dirijyori
Lutfullayev Samidxon Ismoilovich - O‘zbekiston davlat drama teatri artisti
Mavlonqulov Muxammad-Rashod Xojiqul o‘g‘li - «Qo‘qon» davlat muzey-qo‘riqxonasi direktori, Farg‘ona viloyati
Mamadaliyeva Muqaddas - Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatri solist-vokalisti
Mamadiyev Boxodir Bobojonovich - Qashqadaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi direktori
Matlubova Sanobar Buzruqovna - Abdulla Qahhor uy-muzeyi direktori
Maxammadiyev Asad Sherzodovich - Toshkent shahridagi «Iosis» xususiy korxonasining ommaviy tadbirlar ovoz rejissyori va operatori
Moydinov Ergashboy - Yangiyo‘l tumani madaniyat bo‘limining «Marjona» dorbozlar jamoasi rejissyori, Toshkent viloyati
Muxiddinov Akmal Nusratilloyevich - Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, yog‘och o‘ymakori, Buxoro viloyati
Najmiddinov Baxtiyorjon Usmonaliyevich - Buxoro viloyati musiqali drama teatri artisti
Odilova Gulnora Qlichevna - Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, kashtachi, Qashqadaryo viloyati
Po‘latov Mirodil Mirsagatovich - Madaniy meros ilmiy-tadqiqot institutining shimoliy-g‘arbiy hududlar bo‘yicha loyihalash bo‘limi boshlig‘i
Rasulov Ixtiyorjon Maxmudovich - Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi direktori
Rahimov Shohrux Alisher o‘g‘li - Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, kulol, Toshkent shahri
Reymov Sultamurat Yedenbayevich - O‘zbekiston davlat filarmoniyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘linmasi xalq cholg‘ulari orkestri dirijyori
Ro‘zimov Ziyodjon Xakimjanovich - O‘zbek milliy maqom san’ati markazining Yunus Rajabiy nomidagi «Maqom» ansambli musiqa rahbari
Rustamov Ulug‘bek Boxadirovich - O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri aktyori
Saidov Mo‘minxon Munir o‘g‘li - Yahyo G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti direktori, Samarqand viloyati
Samibayev Masud Kimovich - «Samarqand» davlat muzey-qo‘riqxonasi direktori, Samarqand viloyati
Sanaqulov Shuxrat Abdukarimovich - Samarqand viloyati musiqali drama teatri bosh rejissyori
Tajiyeva Roxat Zakirovna - Xorazm viloyati ko‘zi ojizlar kutubxonasi direktorining o‘rinbosari
Turanov Hamdamjon Mansurovich - «Talant shou» va «Ovoz» loyihalari prodyuseri
Umarov Almas Xabibovich - Madaniy meros obyektlari restavratsiyasi direksiyasi bo‘lim boshlig‘i
Umarov Nodirbek To‘lqinovich - erkin ijodkor, bastakor
Usmanov Sirojiddin Maxamadaliyevich - Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining vokal va cholg‘u ijrochiligi kafedrasi o‘qituvchisi, qonun cholg‘usi sozandasi
Fayziyev Elbek Nurullayevich - O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi a’zosi, aktyor
Fayzulloyev Mirshakar Shuhratovich - erkin ijodkor, teleboshlovchi
Xayitov Faxriddin Xudoyqulovich - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir
Xalilov Jamshid Nabiyevich - «Buxoro» davlat muzey-qo‘riqxonasi direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, Buxoro viloyati
Xolov Zoxidjon Ashirmat o‘g‘li - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Toshkent viloyati bo‘limi bosh mutaxassisi, shoir
Xolova Nargis Abduraxmanovna - Temuriylar tarixi davlat muzeyining fondlar va arxiv bo‘limi mudiri
Yuldashev Zafar Abdumannapovich - Bolalar kontentini rivojlantirish markazi direktorining o‘rinbosari
Yusupov Ilxomiddin Sharofidinovich - Madaniy meros obyektlari restavratsiyasi direksiyasining Shahrisabz mintaqaviy restavratsiya markazi direktori
Holiqov Shokir Qo‘ziboy o‘g‘li - S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya institutining Toshkent shahridagi filiali o‘qituvchisi, ssenarist va kinorejissyor





