Haftalik narxlar: go‘sht va meva qimmatlashmoqda, sabzavotlar esa tushyapti

VAQT.UZ Markaziy bank ma’lumotlari asosida eng muhim oziq-ovqat mahsulotlarining haftalik narxlaridagi o‘zgarishlarni muntazam tahlil qilib boradi.

Haftalik narxlar: go‘sht va meva qimmatlashmoqda, sabzavotlar esa tushyapti

Markaziy bankning «narxtahlil.uz» platformasida e’lon qilingan ma’lumotlar oziq-ovqat bozorida avvalgi haftalarda shakllangan tendensiyalar saqlanib qolayotganini ko‘rsatdi.

13-may holatida go‘sht mahsulotlarida narx o‘sishi kuzatilgan bo‘lsa, 20-mayga kelib ham ushbu tendensiya davom etdi. Shu bilan birga, bahorgi hosil ta’siri sabzavotlar segmentida yanada kuchaydi. Ayniqsa, pomidor, baqlajon va bulg‘or qalampirida keskin arzonlashish qayd etildi. Mevalar segmentida esa o‘tgan haftada boshlangan o‘sish ayrim mahsulotlarda yana tezlashdi.

Asosiy mahsulotlar

Yog‘ mahsulotlarida barqarorlik saqlanib qolmoqda. Kungaboqar yog‘i narxi o‘zgarmasdan 21 ming 518 so‘mni tashkil qildi. Paxta yog‘i esa biroz pasayib, 20 ming 283 so‘mga tushdi. Bu segmentda taklif va talab o‘rtasidagi muvozanat hozircha saqlanayotganini ko‘rsatmoqda.

Un mahsulotlarida esa avvalgi haftada kuzatilgan inflyatsion bosim biroz yumshagandek ko‘rinmoqda. Birinchi nav un 0,1 foizga arzonlab, 6 ming 272 so‘mga tushdi. Oliy nav un ham xuddi shunday darajada pasayib, 9 a 393 so‘mni tashkil qildi.

Go‘sht mahsulotlarida narxlar yuqori darajada saqlanib qolmoqda. O‘tgan hafta mol go‘shti 0,5 foizga qimmatlashgan bo‘lsa, bu hafta o‘sish 0,8 foizga yetdi va mahsulot 121 ming 40 so‘mni tashkil qildi. Qo‘y go‘shti ham ketma-ket ikkinchi hafta o‘sishni qayd etib, 132 ming 379 so‘mgacha ko‘tarildi.

O‘tgan hafta ulgurji bozorda ham qo‘y go‘shti narxi oshgani kuzatilgan edi. Bu hafta chakana bozordagi yuqori narx bosimi saqlanib qolmoqda. Mol go‘shtida esa ulgurji segment nisbatan barqaror bo‘lib turgan bir paytda, chakana narxlar o‘sishda davom etmoqda.

Tuxum bozorida ham o‘sish tezlashdi. Agar o‘tgan hafta mahsulot atigi 0,1 foizga qimmatlashgan bo‘lsa, bu hafta o‘sish 1,4 foizni tashkil qildi va narx 11 ming 710 so‘mga yetdi. Tovuq go‘shti esa deyarli o‘zgarishsiz qoldi.

Sut mahsulotlarida pasayish tendensiyasi saqlanib qolmoqda. Yangi sog‘ilgan sut 0,4 foizga arzonlab, 7 ming 849 so‘mga tushdi. Guruch va shakarda ham pasayish yoki barqarorlik saqlandi.

Mahsulot

13.05.2026 (so‘m)

20.05.2026 (so‘m)

O‘zgarish

Paxta yog‘i (1 litr)

20 289

20 283

0%

Kungaboqar yog‘i  (1 litr)

21 514

21 518

0 %

Un (1-nav)

6 279

6 272

-0,1 %

Mol go‘shti (1 kg)

120 106

121 040

+0,8 %

Qo‘y go‘shti (1 kg)

131 595

132 379

+0,6 %

Tuxum 

11 546

11 710

+1,4 %


Sabzavotlar

Sabzavot bozorida bahorgi arzonlashish yanada kuchaydi. O‘tgan hafta bulg‘or qalampiri 22,8 foizga arzonlashgan bo‘lsa, bu hafta ham mahsulot narxi keskin tushishni davom ettirib, yana 18,1 foizga pasaydi.

Pomidor narxi ham ketma-ket ikkinchi hafta yuqori sur’atda tushmoqda. Agar o‘tgan hafta mahsulot 22 foizga arzonlagan bo‘lsa, bu hafta yana 16,2 foizga pasayib, 13 ming 708 so‘mni tashkil qildi. Baqlajonda ham kuchli pasayish saqlanib qoldi — mahsulot bir haftada 13,3 foizga arzonladi.

Bodring narxi ham arzonlashishni davom ettirmoqda. O‘tgan hafta mahsulot 13,5 foizga tushgan bo‘lsa, bu hafta yana 4,6 foizga arzonladi va 7 ming 491 so‘mga yetdi. 

Kartoshka, piyoz va karamda ham arzonlashish davom etdi. Kartoshka narxi bir haftada 1,3 foizga pasayib, 6 497 so‘mni tashkil qildi. Piyoz 1,1 foizga arzonlab, 2 246 so‘mga tushdi. Karam ham 2,4 foizga pasayib, 4  ming so‘mga yetdi.

Sabzida esa aksincha yengil o‘sish kuzatildi. Mahsulot narxi 0,3 foizga oshib, 3 ming 591 so‘mni tashkil qildi. Bu ayrim sabzavotlarda yangi hosil hajmi hali to‘liq shakllanmaganini ko‘rsatishi mumkin.

Mahsulot

13.05.2026 (so‘m)

6.05.2026

(so‘m)

O‘zgarish

Kartoshka (1 kg)

6 582

6 497

-1,3%

Piyoz (1 kg)

2 272

2 246

-1,1%

Sabzi (1 kg)

3 582

3 591

+0,3%

Pomidor (1 kg)

16 354

13 708

-16,2%

Bodring (1 kg)

7 852

7 491

-4,6%

Bulg’or qalampiri (1 kg)

22 062

18 067

-18,1%

Mevalar

Mevalar segmentida o‘sish tendensiyasi saqlanib qolmoqda. O‘tgan hafta uzum narxi 6,2 foizga qimmatlashgan bo‘lsa, bu hafta o‘sish sur’ati yana tezlashib, 13,8 foizni tashkil qildi. Natijada mahsulot narxi 31 ming 108 so‘mga yetdi.

Limon ham ketma-ket ikkinchi hafta o‘sishni qayd etdi. Agar o‘tgan hafta mahsulot 1,9 foizga qimmatlashgan bo‘lsa, bu hafta o‘sish 0,9 foizni tashkil qildi va narx 48 ming 116 so‘mga yetdi.

Olma narxi ham o‘sishda davom etmoqda. O‘tgan hafta mahsulot 1,1 foizga qimmatlashgan bo‘lsa, bu hafta yana 0,7 foizga oshib, 16 ming 351 so‘mni tashkil qildi.

Nokda esa aksincha pasayish tendensiyasi saqlanib qolmoqda. O‘tgan hafta mahsulot 0,7 foizga arzonlagan bo‘lsa, bu hafta pasayish 1 foizga yetdi va narx 21 ming 378 so‘mga tushdi.

Mahsulot

13.05.2026
(so‘m)

6.05.2026

(so‘m)

O‘zgarish

Olma (1 kg)

16 351

16 240

+0,7 %

Nok (1 kg)

21 589

21 378

-1 %

Limon (1 kg)

47 685

48 116

+0,9 %

Uzum (1 kg)

27 327

31 108

+13,8 %

Hozirgi holat oziq-ovqat bozorida mavsumiy omillar ta’siri yanada kuchayib borayotganini ko‘rsatmoqda. Sabzavotlarda yangi hosil taklifi ortishi narxlarni keskin pasaytirmoqda. Ayniqsa, pomidor, bodring va bulg‘or qalampirida ketma-ket ikki hafta davomida yuqori sur’atda arzonlashish kuzatildi.

Shu bilan birga, go‘sht mahsulotlarida yuqori narx bosimi hali ham saqlanib qolmoqda. Mol va qo‘y go‘shtida o‘sish sur’ati ketma-ket ikkinchi hafta davom etmoqda. Mevalar segmentida ham ayrim mahsulotlar, xususan uzum va limonda qimmatlashish tezlashgani kuzatildi. Bu esa bozorda mavsumiy arzonlashish barcha mahsulotlarga bir xil ta’sir qilmayotganini ko‘rsatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 6-13-may holatdagi narxlarni tahlil qilgan edik.

Теглар

Маҳлиё Ҳамидова

Маҳлиё ҲамидоваМақолалар сони: 135

Барчаси

Мавзуга оид