HUMO'ning sobiq direktori Markaziy bank tizimidagi yangi fintex kompaniyaga rahbar bo‘ldi
Shuhratbek Kurbanov Markaziy bank tizimida tashkil etilgan yangi fintex kompaniya — «Simple Smart Systems»ga direktor etib tayinlandi.

Shuhratbek Kurbanov «Simple Smart Systems» kompaniyasining rahbari etib tayinlandi.
«Simple Smart Systems» kompaniyasi 2026-yil 22-aprel kuni Markaziy bankning Axborotlashtirish bosh markazi hamda Garov reyestri davlat unitar korxonasi tomonidan tashkil etilgan. Ustav kapitalida Axborotlashtirish bosh markazi 95 foiz, Garov reyestri esa 5 foiz ulushga ega.
Shuhratbek Kurbanov aprel oyi boshida «TBC Uzbekistan» boshqaruv raisi maslahatchisi lavozimini tark etgan edi. Undan avval esa 2019-yildan buyon HUMO to‘lov tizimiga rahbarlik qilib kelgan va kompaniyaning shakllanishi hamda bozordagi o‘rnini mustahkamlash jarayonlarida ishtirok etgan.
2025-yil yanvar oyida HUMO to‘lov tizimi «Paynet» kompaniyasiga sotilganidan keyin boshqaruvda o‘zgarishlar boshlangan edi. Oradan ko‘p o‘tmay, aniqrog‘i 6-mart kuni Kurbanov lavozimidan ozod qilingan.





