Logo

Ishlab chiqarishga 100 trln, ta’limga 7 trln: O‘zbekistonda eng ko‘p investitsiya qaysi sohaga tikilmoqda?

Бугун 08:002 дақиқа

Joriy yilning dastlabki olti oyida O‘zbekiston iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini rivojlantirish uchun qariyb 339 trillion so‘mlik investitsiya o‘zlashtirildi.

Ishlab chiqarishga 100 trln, ta’limga 7 trln: O‘zbekistonda eng ko‘p investitsiya qaysi sohaga tikilmoqda? © Foto: lunainc

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun 2026 yil yanvar–iyun oylarida barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 338,9 trln so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilgan.

Bu ko‘rsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan 17,5 foizga oshgan.

Eng katta mablag‘ ishlab chiqarish sanoatiga yo‘naltirilgan — 100,5 trillion so‘m. Keyingi o‘rinlarda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi 32,9 trillion so‘m hamda qurilish 32,5 trillion so‘m bilan qayd etilgan.

Energetika va uy-joy

Elektr energiyasi, gaz, bug‘ va konditsiyalangan havo sohasiga 29,9 trillion so‘m investitsiya kiritilgan. Turar joy qurilishida o‘zlashtirilgan mablag‘lar 27,3 trillion so‘mni tashkil etgan.

Tog‘-kon sanoatiga 21,8 trillion so‘m, tashish va saqlash sohasiga 16,3 trillion so‘m investitsiya to‘g‘ri kelgan. Ulgurji va chakana savdo, shuningdek, avtotransport vositalarini ta’mirlash sohasiga 13,7 trillion so‘m yo‘naltirilgan.

Suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya, chiqindilarni yig‘ish va qayta foydalanish sohasida 7,4 trillion so‘m investitsiya o‘zlashtirilgan. Ta’limga 7,2 trillion, axborot va aloqa sohasiga 5,8 trillion so‘m sarflangan.

Xizmatlar ulushi qancha?

Yashash va ovqatlanish xizmatlariga 5,6 trillion so‘m investitsiya kiritilgan. Kasbiy, ilmiy va texnik faoliyat hamda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarga 4,6 trillion so‘mdan to‘g‘ri kelgan.

Moliya va sug‘urta faoliyatiga 2,4 trillion, san’at, ko‘ngil ochish va dam olish sohasiga 2 trillion so‘m investitsiya o‘zlashtirilgan. Boshqa faoliyat turlariga esa 24,4 trillion so‘m yo‘naltirilgan.

Raqamlar investitsiyalarning asosiy qismi ishlab chiqarish sanoati, qishloq xo‘jaligi, qurilish va energetikaga yo‘naltirilayotganini ko‘rsatadi.

Теглар

Мавзуга оид