Logo

Jizzaxda hokim ishtirokidagi YTH bo‘yicha jinoyat ishi ochildi

Бугун 12:561 дақиқа

Hokimlik rulda hokimning o‘g‘li bo‘lmagani, voqea yuk mashinasi haydovchisining qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan tuman mulozimi va uning o‘g‘li o‘tirgan xizmat avtomashinasining harakat yo‘liga chiqib ketgani tufayli yuz berganini yozdi.

Jizzaxda hokim ishtirokidagi YTH bo‘yicha jinoyat ishi ochildi

Avvalroq Jizzax viloyati Zafarobod tumani hokimi G‘ayratjon Eshpo‘latov va uning voyaga yetmagan o‘g‘li KIA Seltos xizmat avtomobilida yo‘l-transport hodisasiga uchragani haqida yozgan edik. Ushbu YTH tufayli jinoyat ishi ochildi. Bu haqda Zafarobod tumani hokimligi xabar berdi.

Hokimlikning yozishicha, mashinani Eshpo‘latovning o‘zi boshqargan, yonida esa voyaga yetmagan o‘g‘li Sh. Eshpo‘latov bo‘lgan. Ular Zafarobod tumanining Nurafshon mahallasi hududidan o‘tuvchi 25V-037 avtomobil yo‘lining 7-kilometriga yetganida avtohalokatga uchragan.

Hokimlik avariyaga haydovchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi B. M. ning MAZ rusumli yuk avtomashinasini Zafarobod yo‘nalishida boshqarib borayotib, chap tomonga burilish vaqtida qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan hokim va uning o‘g‘li o‘tirgan KIA Seltos xizmat mashinasining harakat yo‘liga chiqib ketganini urg‘ulagan. To‘qnashuv oqibatida mulozim va uning o‘g‘li turli darajadagi tan jarohatlari bilan Respublika shoshilinch yordam ilmiy markazining Jizzax shahridagi filialiga yotqizilgan. Yuk mashinasining haydochisi esa tan jarohati olmagan.

Holat yuzasidan Zafarobod tuman prokuraturasi tomonidan shu kunning o‘zidayoq Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Теглар

Мавзуга оид