«Kripto-aktivlar bilan bog‘liq daromaddan soliq to‘lamaysiz» — ILMA mas’ul xodimi
«Mayning» faoliyati o‘zi nima, kripto-aktivlarni qanday tartibda qonuniy yo‘l bilan sotib olish mumkin, kripto-aktivlardan soliq olinmaydimi, kripto-aktivlar bilan faoliyatda qanday xavflar mavjud va boshqa savollarga ILMA mas’ul shaxsi javob beradi
O‘zbekistonda kripto-aktivlar bilan bog‘liq turli yangiliklarda asosan kimdir javobgarlikka tortilgani, qonun buzgani kabi xabarlar takrorlanib turadi. Biroq qanday qilib ushbu sohada qonuniy faoliyat yuritish, potensial muammolarni oldini olish kabi yechimlar esa berilmas edi.
Shu sababdan biz O‘zbekiston Respublikasi hududida kripto-aktivlar faoliyatini tartibga solish bo‘yicha mas’ul organ Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) mutaxassisi,
Kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Zokirov Asqarjon Muxsimovich bilan aslida yurtimizda kripto-aktivlar bo‘yicha qanday ishlar olib borilayotgani haqida batafsil suhbat uyushtirdik.





