«Men o‘z missiyamni bajardim»: Qamchibek Tashiyev yana bir lavozimdan ketdi

Кеча 21:352 дақиқа

10-fevral kuni u MXDQ rahbarligidan ketgandi, Sadir Japarov do‘stining boshqa hech qachon davlat xizmatiga qaytmasligini ma’lum qilgan.

«Men o‘z missiyamni bajardim»: Qamchibek Tashiyev yana bir lavozimdan ketdi

Qirg‘iziston Milli xavfsizlik xizmati sobiq rahbari Kamchibek Tashiyev futbol ittifoqi rahbari lavozimidan ketishini ma’lum qildi. Bu haqda Nur.kz xabar berdi.

Qayd etilishicha, u o‘z missiyasini bajarganini aytgan.

«Men futbolga muvaffaqiyatlar tilamoqchiman. Qirg‘izistondagi futbol — bu biznes sifatida qaraladigan soha emas. Men o‘z missiyamni bajardim. O‘ylaymanki, oxirgi marta oldingizda rais sifatida chiqish qilyapman. Endi bu yerga futbolni chindan sevadigan odam kelishi kerak», — dedi u.

Qamchibek Tashiyev bu lavozimni ikki yildan ortiq vaqt davomida egallab kelgan.

Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasidan ketish

Qamchibek Tashiyev 10-fevral kuni Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari vazifasidan ozod etildi. Shuningdek, uning uch nafar o‘rinbosari — Kurvanbek Avazov, Daniel Risaliyev va Elizar Smanov ham ishdan olindi. Maxsus xizmat raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib Jumgalbek Shabdanbekov tayinlandi.

Prezident Sadir Japarov voqealar fonida bergan intervyusida Tashiyev tayinlagan vazirlar va uning yaqinlarini ishdan bo‘shatish boshlagani, ba’zilari esa o‘z xohishiga ko‘ra ketayotgani haqidagi savolga quyidagicha javob berdi.

«Hammaga xotirjam ishlashni aytdim. O‘z xohishi bilan ketayotganlar — marhamat. Barcha vazirliklarni o‘g‘rilik fakti bo‘yicha tekshiryapmiz, topilsa, jazoga tortiladi. Men har doim vazirlarni qarindoshlar va do‘stlarni ishga olmang, deb ogohlantirganman. Yaqinlarimdan hech biri yuqori davlat lavozimini egallamagan», – dedi u.

Japarov davlat boshqaruvi kuch bilan emas, aql bilan amalga oshirilishi lozimligini ta’kidladi. Uning fikricha, mamlakatda davlat tuzilmalari faoliyati shaxsan nazorat qilinadi va yuzaga kelayotgan muammolarga tezkor chora ko‘rilmoqda. Prezident barcha islohotlar qonun doirasida amalga oshirilishini qo‘shimcha qildi. Uning aytishicha, vaziyatni beqarorlashtirishga urinishlar asossiz bo‘lib, mamlakatda barqarorlik saqlanmoqda.

Japarov Tashiyev lavozimdan ketganidan so‘ng, u bilan shaxsan uchrashgan

«Biz do‘st bo‘lib qolamiz. Ammo u davlat xizmatiga qaytmaydi. U dam olishi va sog‘lig‘ini tiklashi kerak. Atrofini tozalasin, «oqsoqollar va ko‘ksoqollar»dan xalos bo‘lsin.

Tergov xizmatlari hammasini aniqlab, tozalab beradi. Albatta, hozir u rahmat demaydi, xafa bo‘ladi. Ammo yillar o‘tib, «Do‘stim, o‘shanda to‘g‘ri qilgan ekansan», deb minnatdorlik bildiradi», — dedi prezident.

Shu bilan birga, u bu qaror hech qanday tashqi bosim yoki kelishuvlar bilan bog‘liq emasligini ta’kidladi.

Теглар

Мавзуга оид