O‘zbekiston ilk bor xalqaro aksiyalar bozoriga chiqmoqda

Бугун 18:132 дақиқа

Milliy investitsiya fondi mahalliy kompaniyalar aksiyalarini bir vaqtning o‘zida London va Toshkent birjalarida savdoga chiqaradi.

O‘zbekiston ilk bor xalqaro aksiyalar bozoriga chiqmoqda

Milliy investitsiya jamg‘armasi IPO'ga chiqadi. IPO jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish va uni muvofiqlashtirishni O‘zbekistonda ishlash litsenziyasiga ega bo‘lgan “Franklin Templeton” xalqaro investitsiya kompaniyasi amalga oshirilmoqda. Bu haqda Saida Mirziyoyeva o‘z Telegram kanalida xabar berdi.

“Ushbu qadam — xorijiy investorlar uchun aniq va kuchli ishora. Bu bilan biz global qoidalar asosida — halol va shaffof ishlashga tayyor ekanimizni namoyon etmoqdamiz. O‘zbekiston iqtisodiyoti mutlaqo yangi, zamonaviy taraqqiyot bosqichiga o‘tmoqda”, — deydi Mirziyoyeva.

2026 yil 25-fevralda qabul qilingan PQ–74-sonli qarorga muvofiq, 2026 yil yakuniga qadar «O‘zbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamg‘armasi» AJ ustav kapitalidagi 30 foizgacha aksiyalar xalqaro va mahalliy fond bozorlarida birlamchi ommaviy taklif orqali sotilishi belgilangan edi.

Qarorda korporativ boshqaruv madaniyatini rivojlantirish asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan. Xususan, jamiyatlar kuzatuv kengashlari tarkibidagi mustaqil a’zolar ulushi 50 foizga yetkaziladi.

Shuningdek, davlat ishtirokidagi tuzilmalarda zamonaviy boshqaruv usullarini joriy etish, moliyaviy natijalar va biznes-rejalar ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish nazarda tutilgan.

IPO orqali bozorga chiqish

«O‘zbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamg‘armasi» AJ aksiyalarining 30 foizgacha qismi ommaviy savdoga chiqarilishi mamlakat kapital bozorini rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Aksiyalar xalqaro va mahalliy fond bozorlarida taklif etiladi. Bu orqali xorijiy va ichki investorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratiladi.

Dividend siyosati cheklanadi

Jamg‘arma ulushiga ega bo‘lgan jamiyatlarda hisoblanadigan dividendlarni kompaniya ixtiyorida qoldirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishi taqiqlanadi.

Bundan tashqari, bunday jamiyatlar o‘z faoliyatiga oid muhim moliyaviy va strategik ma’lumotlarni avval Jamg‘arma bilan kelishadi, shundan keyin Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga taqdim etadi.

Теглар

Мавзуга оид