Pokiston AQSH va Eron o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish tartibi buzilganini qayd etdi

Yaqin Sharqdagi nizo zonasining bir nechta nuqtasida o‘t ochishni to‘xtatish tartibi buzilgani qayd etildi. Bu haqda AQSH va Eron o‘rtasidagi muzokaralarda asosiy vositachi sifatida ishtirok etayotgan Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif ma’lum qildi.

Pokiston AQSH va Eron o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish tartibi buzilganini qayd etdi

«Butun nizo zonasi bo‘ylab bir nechta joylarda o‘t ochishni to‘xtatish tartibi buzilgani haqida xabarlar kelmoqda, bu esa tinchlik jarayoni ruhiga putur yetkazadi», — deb yozdi Sharif «X» ijtimoiy tarmog‘ida.

U barcha tomonlarni «vazminlik ko‘rsatishga va kelishilganidek, ikki hafta davomida o‘t ochishni to‘xtatish tartibiga amal qilishga» chaqirdi.

«Shu bilan birga, Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali kemalar harakatini to‘xtatib qo‘ydi», - deb xabar berdi «Fars».

Tehron buni Isroil o‘t ochishni to‘xtatishga qaramay, Livanda «Hizbulloh»ga qarshi urush davom ettirgani bilan izohladi.

AQSH va Eron 8-aprelga o‘tar kechasi ikki haftalik o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilganini e’lon qilgan edi. Ushbu kelishuvning shartlaridan biri Eron tomonidan Hurmuz bo‘g‘ozi orqali kemalar qatnovini ochish bo‘lgan edi.

Теглар

Мавзуга оид