Logo

«SQB Tower»dagi mehmonxona yiliga 40 mlrd so‘mga ijaraga olindi

Бугун 14:252 дақиқа

Sanoatqurilishbankning Tashkent City hududidagi binosining 24–27-qavatlaridagi mehmonxona va B2-qavatdagi kir yuvish xonasi besh yilga ijaraga berildi. Kimoshdi savdosida yillik ijara haqi 12,1 mlrd so‘mdan 39,8 mlrd so‘mga — 3,3 baravar oshgan.

«SQB Tower»dagi mehmonxona yiliga 40 mlrd so‘mga ijaraga olindi © Ijtimoiy tarmoqlar

Tashkent City hududidagi Sanoatqurilishbank binosining mehmonxona qismi uchun o‘tkazilgan auksionda «QBIC-Payments» MCHJ g‘olib bo‘ldi.

«E-auksion» natijalariga ko‘ra, kimoshdi savdosi 13-avgust kuni yakunlangan va 4 soat 41 daqiqa davom etgan. G‘olib kompaniya obyekt uchun yiliga 39,8 mlrd so‘m taklif qilgan.

Boshlang‘ich yillik ijara haqi 12,1 mlrd so‘m edi. Auksion davomida narx 27,8 mlrd so‘mga yoki 230 foizga oshib, dastlabki qiymatdan 3,3 baravar yuqori shakllangan.

tg_image_1904188210

Foto: E-auksion

SQBga tegishli binoning bir qismi sotilayotgani yo‘q. Lot ma’lumotlarida bank binosining 24–27-qavatlaridagi mehmonxona hamda B2-qavatdagi kir yuvish xonasi 60 oyga ijaraga berilishi ko‘rsatilgan.

Ijara obyektining umumiy maydoni 7 ming kvadrat metrdan ortiq. Binoning jami maydoni 81,1 ming kvadrat metr ekani hisobga olinsa, lot uning qariyb 8,6 foizini qamrab oladi.

Auksionda shakllangan 39,8 mlrd so‘m — bir yillik ijara haqidir. Bu oyiga qariyb 3,3 mlrd so‘m yoki har bir kvadrat metr uchun 473,5 ming so‘mga teng. Ijara haqi har 12 oyda qayta ko‘rib chiqiladi.

tg_image_3396286081

Foto: E-auksion

G‘olib mehmonxonaga bir yil ichida 10 mlrd so‘m investitsiya kiritishi, kommunal va joriy ta’mirlash xarajatlarini qoplashi kerak. Bundan tashqari, olti oylik ijara haqi miqdorida foizsiz depozit oldindan to‘lanadi. Auksion narxidan kelib chiqilsa, depozit qariyb 19,9 mlrd so‘mni tashkil etadi.

«QBIC-Payments» IT Park rezidentlari ro‘yxatiga 2023 yil dekabrida kiritilgan. Uning egasi Shoxrux To‘lqunov hisoblanadi.

Kompaniya 2022 yilda tashkil topgan va ustav kapitali 550 mln so‘mdan ortiqni tashkil etadi.

Теглар

Мавзуга оид