Logo

Sun’iy intellekt yordamida kitob yozgan ayol 1 mln dollar ishlab topdi

Бугун 09:002 дақиқа

U bir necha oy davomida turli SI dasturlaridan foydalanishni o‘rgangan va kitoblarni tez yozishga yordam beradigan o‘z usulini ishlab chiqqan.

Sun’iy intellekt yordamida kitob yozgan ayol 1 mln dollar ishlab topdi © Unsplash.com

Janubiy Afrikada yashovchi, Koral Xart taxallusi bilan tanilgan ayol sun’iy intellekt (AI) yordamida atigi 20 oy ichida 371 ta kitob yozib, ularni sotish orqali katta daromad topdi. Bu haqda «Africa News» xabar berdi.

U 2025-yilning fevralida SI yordamida kitob yozishni boshlagan. Bungacha u 14 yil davomida nashriyot sohasida ishlagan va o‘zi ham bir nechta o‘nlab kitoblar yozgan. Koral Xart bir necha oy davomida turli SI dasturlaridan foydalanishni o‘rgangan va kitoblarni tez yozishga yordam beradigan o‘z usulini ishlab chiqqan.

U kitoblarni qanday yozadi?

Avval u sun’iy intellektga kitobning asosiy g‘oyasini tushuntiradi. Keyin voqealar qanday rivojlanishi, qahramonlar kimligi, ularning xarakteri va har bir bobda nimalar bo‘lishini belgilab beradi. Shundan so‘ng SI kitobning dastlabki variantini taxminan 45 daqiqada yozib beradi. Lekin bu hali tayyor kitob degani emas.

Koral Xartning aytishicha, SI yozgan birinchi matn ko‘pincha sifatsiz bo‘ladi. Shu sababli u matnni SI yordamida yana ikki marta qayta ishlaydi, xatolarni tuzatadi va voqealar orasidagi uzilishlarni bartaraf etadi. Oxirida esa kitobni o‘qib chiqib, yakuniy tahrir qiladi.

U qancha pul ishlab topgan?

Jami 371 ta kitob nashr qilgan. Uning kitoblari bir milliondan ortiq nusxada sotilgan. 2026-yilda daromadi 1 million dollardan oshgan. Kitoblaridan biri Amazon’dagi eng ko‘p sotilgan 100 ta kitob qatoriga kirgan. Kitoblarining aksariyati sevgi va romantik munosabatlar haqida. Koral Xart o‘zini adabiyotning yangi davrini boshlab berayotgan yozuvchilardan biri deb hisoblaydi. Hozirda esa SI yordamida kitob yozadigan mualliflar uchun maxsus dastur yaratib, uni ishga tushirishga tayyorlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jahon banki O‘zbekiston kabi davlatlarning iqtisodiyotini sun’iy intellekt orqali tezlashtirish yo‘lini aytgandi.

Теглар

Мавзуга оид