Tog‘-kon sanoati hajmi ma’lum qilindi
2026 yilning birinchi choragida O‘zbekiston sanoatida ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,1 foizga o‘sgan.

2026 yil yanvar–mart oylarida O‘zbekistonda sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqarish sanoati hissasiga to‘g‘ri keldi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur yo‘nalishda ishlab chiqarish hajmi 246,1 trln so‘mni tashkil etgan.
Seksiyalar bo‘yicha sanoat ishlab chiqarishi hajmi quyidagicha:
Hisobotda qayd etilishicha, tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash sohasida ham ijobiy dinamika saqlanib qolgan. Birinchi chorak yakuniga ko‘ra, sohadagi ishlab chiqarish hajmi 20,3 trln so‘mga yetgan. Yillik o‘sish sur’ati esa 4,1 foizni tashkil qilgan.
Elektr energiyasi, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash sohasida ishlab chiqarish hajmi 21,3 trln so‘m bo‘lgan. Ushbu tarmoqda o‘sish 3,1 foiz darajasida qayd etildi. Mutaxassislar buni mamlakatda energiya iste’molining ortishi va infratuzilma loyihalari bilan izohlamoqda.
Shuningdek, suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish sohasida 1,6 trln so‘mlik xizmat va mahsulotlar ishlab chiqarilgan. Bu yo‘nalishda o‘sish sur’ati 8,5 foizni tashkil etgan.
Tahlilchilar fikricha, sanoat tarmoqlaridagi o‘sish iqtisodiy faollikning tiklanayotgani hamda ichki talab yuqori saqlanayotganini ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, ishlab chiqarish sanoati mamlakat iqtisodiyotida asosiy ulushni saqlab qolmoqda.





