Logo

Toshkent va Bag‘dod o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviareyslar qo‘yilishi mumkin

Бугун 11:071 дақиқа

Bu haqda Turizm qo‘mitasi raisi Abdulaziz Akkulov va Iroq Iqtisodiy Kengashi bosh direktori Haydar Ali Hodi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qilindi.

Toshkent va Bag‘dod o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviareyslar qo‘yilishi mumkin © Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva

Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi raisi Abdulaziz Akkulov Iroq Iqtisodiy Kengashi bosh direktori Haydar Ali Hodi hamda Iroq ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar chog‘ida turizm, investitsiyalar va biznes almashinuvlari sohasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar ikki mamlakat fuqarolarining o‘zaro turistik yo‘nalishlarga qiziqishi ortib borayotganini ta’kidladi.

Uchrashuvda sayyohlar oqimini ko‘paytirish, ikki mamlakat bozorlarida turistik imkoniyatlarni targ‘ib qilish bo‘yicha qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, turizm kompaniyalari va soha tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar O‘zbekiston va Iroq o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovini yo‘lga qo‘yish istiqbollarini ham muhokama qildi. Xususan, Bag‘dod–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslarni ochish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Bu esa turizm va biznes aloqalarini yanada faollashtirishi mumkin.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, ikki mamlakat turizm sohasi vakillari o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirish, biznes missiyalari va B2B uchrashuvlarini ko‘paytirish hamda O‘zbekiston va Iroqning turizm salohiyatini qo‘shma tarzda targ‘ib qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent va Yerevan o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilganligi haqida xabar bergan edik.

Теглар

Мавзуга оид