Toshkentdagi 8 ta tuman soliq inspeksiyasiga yangi boshliqlar tayinlandi

21.02.2026 | 23:001 дақиқа

Poytaxtda soliq ma’muriyatida keng ko‘lamli kadrlar o‘zgarishi amalga oshirildi.

Toshkentdagi 8 ta tuman soliq inspeksiyasiga yangi boshliqlar tayinlandi © Foto: Kun.uz

Toshkent shahridagi 8 ta tuman soliq inspeksiyasiga yangi rahbarlar tayinlandi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.

Xususan, quyidagi tumanlarga:

Uchtepa tumaniga — Malikov Abdumuxtor Abdugafurovich;

Yangihayot tumaniga — Maxmudov Mirqosim Aziz o‘g‘li;

Bektemir tumaniga — Burxonov Jamshid Melikovich;

Chilonzor tumaniga — Kadirov Iskandarjon Solijonovich;

Yunusobod tumaniga — Tashpulatov Kamoliddin Yuldashevich;

Mirzo Ulug‘bek tumaniga — Xatamov Ulug‘bek Aktamovich;

Shayxontohur tumaniga — Abduvahobov Navro‘z Abduvahob o‘g‘li;

Sergeli tumaniga — Kabilov Firdavs Shuhratovich soliq inspeksiyasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 27-yanvar kuni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Qo‘riqlash boshqarmasida o‘tkazayotgan videoselektor yig‘ilishida Soliq qo‘mitasi raisi Farrux Po‘latovga Toshkent shahridagi barcha tuman soliq inspeksiyalarining boshliqlarini ishdan olib, vazifasini bajaruvchi qilib qo‘yishni topshirgan edi.

Теглар

Мавзуга оид