Logo

Toshkentdagi Nizomiy universitetining yana ikkita binosi auksionga qo‘yildi

Бугун 13:474 дақиқа

Nizomiy nomidagi Milliy pedagogika universitetining yana ikkita fakultet binosi E-auksion orqali sotuvga qo‘yildi. Bungacha universitetning asosiy kampusi va yana to‘qqizta obyekti ham xususiylashtirish dasturi doirasida auksionga chiqarilgan edi.

Toshkentdagi Nizomiy universitetining yana ikkita binosi auksionga qo‘yildi © E-auksion

Toshkent shahrida joylashgan Nizomiy nomidagi Milliy pedagogika universitetining yana ikkita o‘quv binosi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan E-auksion platformasiga savdoga qo‘yildi. Gap universitetning Tabiiy fanlar hamda Filologiya fakultetlari binolari haqida bormoqda.

Tabiiy fanlar fakulteti 325,9 mlrd so‘mdan sotuvga chiqarildi

Savdoga qo‘yilgan birinchi lot universitetning Tabiiy fanlar fakulteti binosidir. U Chilonzor tumani, Qatortol ko‘chasi 2-tor ko‘cha, 5-a uy manzilida joylashgan.

Obyekt 2,24 gektar yer maydonini egallagan bo‘lib, bino va inshootlarning umumiy maydoni 6 224 kvadrat metrni tashkil etadi.

Lotning boshlang‘ich narxi 325,86 mlrd so‘m etib belgilangan. Auksionda ishtirok etish uchun 9,77 mlrd so‘m miqdorida zakalat puli to‘lanadi. Bu obyekt qiymatining 3 foiziga teng. Auksionning birinchi qadami 325,86 mln so‘m etib belgilangan. Savdolar narxni oshirib borish tartibida o‘tkaziladi. 

Shartlarga ko‘ra, obyekt sotilganidan keyin 2027 yil 31-dekabrgacha bo‘shatilishi kerak. Biroq ushbu muddat Nizomiy nomidagi Milliy pedagogika universitetining Yangi Toshkentdagi kampuslari foydalanishga topshirilish muddatiga qarab o‘zgarishi mumkin.

Bundan tashqari, xaridor ushbu obyekt negizida shaharsozlik normalariga rioya qilgan holda nodavlat ta’lim muassasasini tashkil etishi hamda ushbu faoliyat turini saqlab qolishi shart bo‘ladi.

Filologiya fakulteti 141,1 mlrd so‘mdan auksionga chiqarildi

Ikkinchi lot universitetning Filologiya fakulteti binosidan iborat.

Obyekt Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasida joylashgan bo‘lib, uning boshlang‘ich narxi 141,14 mlrd so‘m etib belgilangan.

Zakalat puli 4,23 mlrd so‘m, auksionning birinchi qadami esa 7,057 mlrd so‘mни tashkil etadi. Obyekt 0,52 gektar yer maydonida joylashgan bo‘lib, to‘rt qavatli binodan iborat. Binoning umumiy maydoni 8 232 kvadrat metrни tashkil qiladi.

Mazkur lot bo‘yicha ham xaridor obyekt negizida nodavlat ta’lim muassasasini tashkil etishi shart bo‘ladi.

Shuningdek, bino 2027 yil 31-dekabrgacha yoki universitetning Yangi Toshkentdagi kampusi belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirilgan taqdirda undan ham avval bo‘shatilishi rejalashtirilgan.

Har ikkala obyekt ham elektr energiyasi, gaz, suv ta’minoti va kanalizatsiya tarmoqlariga ulangan.

E-auksion ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu lotlar bo‘yicha savdolar 20-iyul kuni boshlanishi rejalashtirilgan.

Universitetning asosiy kampusi ham sotuvga chiqarilgan

Bundan avval E-auksion platformasiga Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Chilonzor tumanida joylashgan asosiy o‘quv kampusi ham alohida lot sifatida chiqarilgan edi.

Obyektning boshlang‘ich narxi 886,6 mlrd so‘m etib belgilangan.

E-auksion platformasida joylashtirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, obyekt Bunyodkor shohko‘chasi va Kichik halqa avtomobil yo‘li kesishmasida, «Chilonzor» metro bekati yaqinida joylashgan.

Lot tarkibiga umumiy maydoni 5,64 gektar bo‘lgan yer uchastkasi hamda 25,8 ming kvadrat metr maydonni egallagan to‘rt qavatli o‘quv binosi, sport zali va boshqa yordamchi inshootlar kiritilgan. Obyekt suv, elektr energiyasi, gaz va kanalizatsiya tarmoqlari bilan ta’minlangan.

Mazkur obyekt 2025 yil bahorida qabul qilingan xususiylashtirish dasturi doirasida sotuvga chiqarilgan. Ayni paytda Nizomiy nomidagi Milliy pedagogika universiteti Yangi Toshkentda barpo etilayotgan yangi kampusga ko‘chishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Sotuv shartlariga ko‘ra, obyektlar sotilgandan so‘ng uch yil ichida yoki Yangi Toshkentdagi ma’muriy va o‘quv binolari belgilangan muddatdan oldin qurib bitkazilgan taqdirda undan ham avval bo‘shatilishi ko‘zda tutilgan.

2025 yilda ham universitetning qator binolari xususiylashtirish ro‘yxatiga kiritilgan edi

Prezidentning 2025 yilgi xususiylashtirish dasturiga oid PF–70-son farmoni bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining qator bino va inshootlari xususiylashtirish ro‘yxatiga kiritilgan edi.



Obyekt nomi


Manzili

Yer maydoni (ga)

Bino maydoni (m²)


1

«Kensoy» o‘quv va talabalar turarjoyi bino va inshootlari

Toshkent tumani, «Kensoy» MFY, Kensoy ko‘chasi 15-uy


8,5


15 463,7


2


Noturar bino

Shahrisabz tumani, «Xitoy» MFY, Kamar qishlog‘i, 395-uy


2,4


5 072


3

1, 2, 3-o‘quv korpuslari bino va inshootlari

Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi 27-uy


5,6


28 367


4

«Tabiiy fanlar» fakulteti bino va inshootlari

Chilonzor tumani, 19-mavze, 4/1-uy


2,2


6 224


5

10-talabalar turarjoyi bino va inshootlari

Chilonzor tumani, 3-mavze, 21-uy

0,2

4 395


6

Xorijiy tillar fakulteti bino va inshootlari

Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi 23a-uy


0,2


3 841


7

5, 7, 8, 9-talabalar turarjoyi bino va inshootlari

Yakkasaroy tumani, Muqimiy ko‘chasi 96-uy


1,0


15 999

8

Professional ta’lim fakulteti bino va inshootlari

Yakkasaroy tumani, Sh. Rustaveli ko‘chasi 105-uy


1,4


8 231,8

9

Boshlang‘ich ta’lim fakulteti bino va inshootlari

Yunusobod tumani, Farg‘ona yo‘li ko‘chasi 101a-uy


2,5


10 114

Manba: PF–70-son Farmoni asosida Vaqt.uz tayyorladi.

Jadvaldagi ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilgi xususiylashtirish dasturiga universitetning kamida 9 ta yirik obyekti kiritilgan. Ularning umumiy yer maydoni 24 gektar, bino va inshootlarining umumiy maydoni esa 97 707,5 kvadrat metrни tashkil etadi.

Shunday qilib, Nizomiy nomidagi Milliy pedagogika universitetining Yangi Toshkentdagi kampusga bosqichma-bosqich ko‘chirilishi bilan bir qatorda, uning Toshkentdagi asosiy kampusi, fakultet binolari, talabalar turarjoylari va boshqa ko‘chmas mulk obyektlari ham xususiylashtirish dasturi doirasida bosqichma-bosqich auksionga chiqarilmoqda.

Теглар

Маҳлиё Ҳамидова

Маҳлиё ҲамидоваМақолалар сони: 160

Барчаси

Мавзуга оид