Logo

Toshkentga Qozog‘istondan chang massalari kirib kelmoqda

Бугун 20:261 дақиқа

Chegaraoldi stansiyalarda PM2.5 va PM10 zarrachalarining yuqori ko‘rsatkichlari qayd etilgan.

Toshkentga Qozog‘istondan chang massalari kirib kelmoqda

Toshkent shahriga Qozog‘istondan chang massalari kirib kelmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Gidrometrologiya xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, so‘nggi besh kun davomida Toshkent shahrida yog‘ingarchilikning kuzatilmagani, shamol tezligining nisbatan pastligi va havo almashinuvining sustligi shahar atmosferasida ifloslantiruvchi moddalarning tarqalishini qiyinlashtirmoqda.

Shu bilan birga, Qozog‘iston hududidan havo oqimlari orqali transchegaraviy chang massalarining Toshkent viloyati va Toshkent shahri tomon kirib kelishi kuzatilmoqda.

Bu holat O‘zgidrometning Toshkent shahri bo‘ylab joylashtirilgan atmosfera havosi sifatini monitoring qilish avtomatik stansiyalari ma’lumotlarida ham aks etmoqda.

Xususan, poytaxt hududidagi stansiyalarda ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasining sezilarli ortishi qayd etilmagani, biroq chegaraoldi avtomatik stansiyalarida 2026 yil 17–21-noyabr kunlari olingan monitoring natijalarida PM2.5 va PM10 chang zarrachalari miqdorining yuqori ko‘rsatkichlari kuzatilgani chang massalarining tashqi hududlardan kirib kelayotganini ko‘rsatuvchi muhim dalillardan biri.

Mazkur davrda, ayniqsa, «Sofiya» va «Green University» chegaraoldi monitoring stansiyalarida PM2.5 va PM10 zarrachalari konsentratsiyasining yuqori ko‘rsatkichlari qayd etilgan.

Bundan tashqari, avtotransport vositalari, qurilish maydonlari va sanoat korxonalaridan chiqadigan tashlamalar ham atmosfera havosi sifatiga ta’sir etuvchi mahalliy omillar hisoblanadi.

Теглар

Мавзуга оид