Umumiy tartibli koloniyadan uy qamog‘igacha: «Credit house» ishi bo‘yicha hukm o‘qildi

Ikki qurilish kompaniyasi 1766 nafar fuqaroni aldab, 450 mlrd so‘mdan ortiq pulni o‘zlashtirgan. Salkam 4 oy davom etgan sudda 9 nafar sudlanuvchi bor. Sud hukmiga ko‘ra, 6 nafar ayblanuvchiga turli muddatlarda ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Umumiy tartibli koloniyadan uy qamog‘igacha: «Credit house» ishi bo‘yicha hukm o‘qildi

Bugun, 24-aprel kuni oson shartlarda uy olib berishni va’da qilgan «Credit house» va «In Fin Stroy Invest» kompaniyalari bilan bog‘liq jinoyat ishi bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda sud zalidan VAQT.UZ muxbiri xabar berdi.

Qurilish kompaniyalari 1766 nafar fuqaroni aldab, 450 mlrd so‘mdan ortiq pulni o‘zlashtirgan. Salkam 4 oy davom etgan sudda 9 nafar sudlanuvchi bor.

JIB Yakkasaroy tuman sudida sudya Bahodir Qayumov raisligida ko‘rilgan sud ishida kvartira sotish vaji bilan 1766 nafar fuqaroni aldab, salkam yarim trln so‘m pullarini o‘zlashtirgan «Credit house» va «In Fin Stroy Invest» qurilish kompaniyalarining 9 nafar vakiliga hukm chiqarildi.

Tayinlangan jazolar

Jumladan, Baxtiyor Amzayev Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» va «v» bandlari (uyushgan guruh tomonidan juda ko‘p miqdorda firibgarlik), 170-moddasi 2-qismi «a», «v» bandlari (mulkiy zarar yetkazish), 192¹¹-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga uzil-kesil o‘tash uchun 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Dmitriy Bajenov Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a», «v» bandlari (uyushgan guruh tomonidan juda ko‘p miqdorda firibgarlik), 170-moddasi 2-qismi «a», «v» bandlari (mulkiy zarar yetkazish), 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish), 192¹¹-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga uzil-kesil o‘tash uchun 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

G‘ayrat Mirkamalov Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a», «v» bandlari (uyushgan guruh tomonidan juda ko‘p miqdorda firibgarlik), 170-moddasi 2-qismi «a», «v» bandlari (mulkiy zarar yetkazish), 189-moddasi 1-qismi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish), 192¹¹-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga uzil-kesil o‘tash uchun 8 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Bahrom Hikmatullayev Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a», «v» bandlari (uyushgan guruh tomonidan juda ko‘p miqdorda firibgarlik), 170-moddasi 2-qismi «a», «v» bandlari (mulkiy zarar yetkazish), 189-moddasi 1-qismi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish), 192¹¹-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga uzil-kesil o‘tash uchun 8 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Shartli jazo va zarar

Sud hukmiga ko‘ra, 6 nafar ayblanuvchiga turli muddatlarda ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi, 3 nafar ayolga esa shartli ravishda ozodlikni cheklash jazo berildi. Jabrlanuvchilar va fuqaroviy da’vogarlarning foydasiga yetkazilgan zararlarni undirish belgilangan.

Zarar 450 milliarddan ortiq so‘m bo‘lib, shundan 300 milliard so‘mdan ortig‘i aybdorlar tomonidan qoplangan.

Теглар

Мавзуга оид