Uy-joy uchun ipoteka: qaysi banklar eng past foizli kreditlarni taklif qilmoqda?

Бугун 14:251 дақиқа

O‘zbekistonda Markaziy banki banklar kesimida aholiga ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarini e’lon qildi.

Uy-joy uchun ipoteka: qaysi banklar eng past foizli kreditlarni taklif qilmoqda? © sibdom.ru

2026-yil 27-aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda aholiga ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 22,5 foizni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank tomonidan ilk bor e’lon qilingan rasmiy ma’lumotlarda ko‘rish mumkin.

Banklar kesimida stavkalar o‘rtasidagi farq sezilarli darajada saqlanmoqda. Eng past va eng yuqori ko‘rsatkichlar orasida qariyb 6 foizdan ortiq tafovut mavjud.

Eng past foiz stavkasi 19,9 foiz bilan «Aloqabank» tomonidan taklif etilmoqda. O‘tgan haftada «Aloqabank» ipoteka kreditlarini 18 foizdan taklif qilayotgandi.

Shuningdek, «Milliy bank» (20,7 foiz), «SQB» (21,1 foiz) va «Agrobank» hamda «Ipoteka bank» (21,6 foizdan) kabi yirik moliya institutlari nisbatan past stavkalarni saqlab turibdi. «Hamkorbank»da bu ko‘rsatkich 22,0 foizni tashkil etgan.

O‘rta diapazondagi banklar qatoriga «Xalq banki» (23,1 foiz), «Orient Finance Bank» (23,5 foiz) va «BRB» (24,0 foiz) kiradi. Shuningdek, «Mikrokreditbank»da ipoteka krediti bo‘yicha stavka 24,6 foiz darajasida qayd etilgan.

Yuqori segmentda esa stavkalar 24,9 foizdan yuqori. Jumladan, «Asakabank» va «Ipak Yo‘li bank» (24,9 foizdan), «Open bank» (25,0 foiz), «Davr bank» (25,2 foiz) va «Trastbank» (25,3 foiz) shu guruhga kiradi.

Shu bilan birga, «Infinbank» (25,8 foiz), «Turon bank» (25,9 foiz), «Asia Alliance bank» va «Universal bank» (26,0 foizdan) eng yuqori stavkalarni taklif etmoqda.

photo_2026-04-30_13-58-22

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Markaziy bank mikrokreditlar va avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarini e’lon qilgandi.

Теглар

Мавзуга оид

Uy-joy uchun ipoteka: qaysi banklar eng past foizli kreditlarni taklif qilmoqda? | Vaqt.uz