«Vaziyat jiddiy»: Livan bosh vaziri xalqaro yordam so‘radi

06.03.2026 | 20:271 дақиқа

Ta’kidlanishicha, mamlakat xavfli pallani boshdan kechirmoqda.

«Vaziyat jiddiy»: Livan bosh vaziri xalqaro yordam so‘radi

Livan bosh vaziri Navof Salom mamlakat gumanitar falokat yoqasida turganini aytib, xalqaro hamjamiyatdan yordam so‘radi, deb xabar berdi Aljazeera nashri.

Livan hukumati so‘nggi bir soat ichida Bayrutning janubiy chekkalariga qarshi ikkita hujum uyushtirilganini ma’lum qildi. Kechasi bir guruh mahallalarga 12 marotaba hujum qilingan.

«Livan xavfli pallani boshdan kechirmoqda, vaziyat jiddiy va gumanitar falokat yaqinlashmoqda. Bu holatga chek qo‘yish bo‘yicha diplomatik sa’y-harakatlar davom etmoqda», — deyiladi bayonotda.

Livan hukumatining ta’kidlashicha, mojaro faqat keskinlashmoqda, chunki «Hizbulloh» Livan hududida harakatlanayotgan Isroil qo‘shinlariga hujum qilishda va zarbalar berishda davom etyapti.

Теглар

Мавзуга оид