Xalq banki boshqaruvi raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi
Hasanjon Ahmedovning ishdan olinishiga uning arizasi sabab qilib ko‘rsatilgan. U boshqaruv a’zoligidan ham chiqarildi.
© Ijtimoiy tarmoqlarXasanjon Muxamadovich Axmedov Xalq banki boshqaruvi raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda tegishli qaror 24-sentabr kuni bank Kuzatuv kengashining yig‘ilishida qabul qilingan.
Axmedov mazkur lavozimga 2025-yil 12-fevralda tayinlangan edi. Unga qadar 2023-yildan Xalq bankida kompleks rahbari sifatida ishlagan.
U bank tizimidagi faoliyati davomida «Ipotekabank», «O‘zsanoatqurilishbank» va «Xalq banki»da turli, jumladan rahbarlik lavozimlarida ishlagan. Axmedovning vakolatlari o‘z arizasiga asosan muddatidan oldin tugatilgan.
Davlat banklaridagi kadr o‘zgarishlari
17-sentabrda «Mikrokreditbank» boshqaruvi raisi o‘rinbosari Sodir Melibayev o‘z xohishiga ko‘ra lavozimidan ozod etilgandi. 25-sentabrda esa «Turonbank» boshqaruvi raisi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Zohidjon Obidovning vakolatlari ham muddatidan oldin tugatildi.
30-sentabrda «Aloqabank»da boshqaruv raisi o‘rinbosari Akmal Xolmuradov o‘z arizasiga binoan lavozimidan ozod qilindi. Uning boshqaruv a’zosi sifatidagi vakolatlari ham muddatidan oldin tugatilgan.





