Logo

Moskvada 1-yanvardan migrantlar uchun patent narxi oshadi

Bugun 22:451 daqiqa

Shuningdek, ilk bor mehnat migrantlarining o‘zi va oilasini ta’minlashi uchun zarur bo‘lgan eng kam daromad darajasi belgilab qo‘yildi.

Moskvada 1-yanvardan migrantlar uchun patent narxi oshadi © Sun'iy intelekt

2027 yil 1-yanvardan Moskva shahrida xorijlik ishchilar uchun mehnat patenti narxi ish beruvchiga qarab oyiga 11 ming va 15,6 ming rublni tashkil etadi. Bundan tashqari, mehnat migrantlari uchun ilk bor eng kam daromad talabi joriy etildi. Bu haqda Moskva shahar dumasining 25-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisiga tayanib TASS xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, deputatlar Moskvaning soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlarni qo‘llab-quvvatlagan. Mazkur tuzatishlar beshta shahar qonuniga ta’sir ko‘rsatadi va federal qonunchilikning yangi talablarini hisobga oladi.

Hozirda Rossiya poytaxtida mehnat patenti uchun oylik to‘lov 10 ming rublni tashkil etmoqda. Yangi tartibga ko‘ra:

— tashkilotlarda, yakka tartibdagi tadbirkorlar (YTT) qo‘lida ishlovchi yoki xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi xorijiy fuqarolar uchun patent narxi oyiga 11 ming rubl bo‘ladi;
— jismoniy shaxslarda shaxsiy va uy-ro‘zg‘or ehtiyojlari uchun ishlovchi migrantlar uchun esa oyiga 15,6 ming rubl etib belgilandi.

Shuningdek, mehnat migrantlarining o‘zi va oilasini ta’minlashi uchun zarur bo‘lgan eng kam daromad darajasi ilk bor belgilab qo‘yildi.

Unga ko‘ra, ikki kishigacha bo‘lgan oila uchun bu miqdor kamida 60 ming rubl, uch va undan ortiq kishidan iborat oila uchun esa 80 ming rubl bo‘lishi lozim.

Teglar

Mavzuga oid

Moskvada 1-yanvardan migrantlar uchun patent narxi oshadi | Vaqt.uz