Logo

Ogohlantiruvchi SMS'lar uchun budjetdan mablag‘ ajratilmagan — FVV

Bugun 12:201 daqiqa

Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholiga har kuni yuborilayotgan ogohlantiruvchi SMSlar uchun budjetdan alohida mablag‘ ajratilmaganini ma’lum qildi. Bu xabarlar xarajatini mobil aloqa operatorlari o‘z zimmasiga olgan.

Ogohlantiruvchi SMS'lar uchun budjetdan mablag‘ ajratilmagan — FVV © FVV

Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholiga har kuni yuborayotgan ogohlantiruvchi SMS xabarlar uchun alohida haq to‘lamaydi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati rahbari Zuhriddin Qurbonov «Ovoza» dasturiga ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur SMSlar uchun budjetdan alohida mablag‘ ajratilmagan. Tashabbusni mobil aloqa operatorlari qo‘llab-quvvatlab, xabarlarni yuborish xarajatlarini o‘z zimmasiga olgan.

FVV oktabr oyining oxiridan aholiga har kuni is gazidan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha ogohlantiruvchi SMSlar yuborib kelmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur SMSlarning narxi qancha ekani va bunga qancha mablag‘ ajratilayotgani bo‘yicha savollar paydo bo‘la boshlagandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq FVV Buxoro markaziy dehqon bozori faoliyati yong‘in xavfsizligi talablari qo‘pol buzilgani va favqulodda vaziyatlar xavfi yuqoriligi sababli vaqtincha to‘xtatilgani haqida xabar bergandi.

Teglar

Mavzuga oid