Logo

«Qatar Airways» o‘zbekistonliklarni aeroportda ishlashga taklif qilmoqda

Bugun 09:101 daqiqa

Nomzodlarga bepul turar joy, transport, tibbiy ta’minot va soliqsiz maosh taklif etildi.

«Qatar Airways» o‘zbekistonliklarni aeroportda ishlashga taklif qilmoqda

«Qatar Airways» aviakompaniyasi O‘zbekiston fuqarolarini aeroportda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mutaxassis (Customer Service Agent — Ground Services) lavozimiga ishga taklif qilmoqda.

Mazkur lavozimda faoliyat yuritadigan xodimlar yo‘lovchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish, samolyotga chiqish jarayonini tashkil etish hamda tranzit hududida xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.

Nomzodlar 21 yoshdan 32 yoshgacha bo‘lishi, kamida o‘rta ma’lumotga hamda xizmat ko‘rsatish sohasida kamida bir yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi talab etiladi. Shuningdek, ingliz tilida yaxshi muloqot qila olish, smenali ish tartibiga va Qatarga ko‘chib borishga tayyorlik muhim shartlar sifatida belgilangan. Aeroport, mehmonxona va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohalaridagi tajriba nomzodlarga ustunlik beradi.

Aviakompaniya tanlab olingan xodimlarga quyidagi imtiyoz va sharoitlarni taqdim etadi:

— bepul turar joy va transport;
— Qatarga borish uchun aviachipta hamda viza rasmiylashtirishda yordam;
— tibbiy ta’minot;
— soliqdan ozod etilgan daromad;
— yiliga bir marta O‘zbekistonga borib-kelish uchun aviachipta;
— ish formasi va kir yuvish xizmati;
— «Qatar Airways» reyslariga chegirmalar va kasbiy o‘sish imkoniyatlari.

Teglar

Mavzuga oid