add

Yunusobod va Sergelida yangi hokimlar: boshqaruvga bankir va moliyachi keldi

Kecha 23:272121 daqiqa

Abrorxo‘ja Saidaliyev Yunusobod tumani hokimi etib, Davron Ismatov esa Sergeli tumani hokimi lavozimiga tasdiqlangan.

Yunusobod va Sergelida yangi hokimlar: boshqaruvga bankir va moliyachi keldi

Toshkent shahrining ikkita yirik ma’muriy-hududiy birligi — Yunusobod va Sergeli tumanlarida rahbariyat o‘zgardi.Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Abrorxo‘ja Saidaliyev Yunusobod tumani hokimi etib, Davron Ismatov esa Sergeli tumani hokimi lavozimiga tasdiqlangan.

Yunusobod tumanining yangi hokimi Abrorxo‘ja Rustamxo‘ja o‘g‘li Saidaliyev 1994 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy – 2017 yilda O‘zbekiston milliy universiteti, 2021 yilda – Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 2018 yildan Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligida ishlagan va 2022 yilning iyun oyidan ushbu tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

a

Saidaliyev Abrorxo‘ja

Sergeli tumaniga rahbar etib tayinlangan Davron Raximdjonovich Ismatov esa bank-moliya sohasida salmoqli tajribaga ega mutaxassis hisoblanadi. Davron Ismatov 1982 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

i

Ismatov Davron

Ma’lumoti oliy – Toshkent moliya instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasida tahsil olgan. 2024 yil fevral oyidan Markaziy bank Toshkent shahar bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Teglar

Mavzuga oid