add

6 oyda 7 milliondan ortiq yo‘lovchi O‘zbekiston aeroportlaridan foydalangan

25.07.2025 | 11:1533333

2025 yilning birinchi yarmida Uzbekistan Airports kompaniyasida yo‘lovchilar soni, reyslar miqdori va yo‘nalishlar soni keskin ortgan.

6 oyda 7 milliondan ortiq yo‘lovchi O‘zbekiston aeroportlaridan foydalangan
Milliy operator ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar–iyun oylarida O‘zbekiston xalqaro aeroportlari jami 7 mln 59 ming 84 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi. Ularning 5,8 mln nafari xalqaro, 1,25 mln nafari esa ichki yo‘nalishlarda safar qilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10 foizga ko‘pdir. Yo‘lovchi tashishdan tashqari, mamlakat aeroportlari orqali 59 960 ta reys amalga oshirildi — 12 foizlik o‘sish qayd etildi. Ularning 42 407 tasi xalqaro, 17 553 tasi ichki reyslardir. Toshkent xalqaro aeroporti 6 oyda 4 mln 587 ming 253 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatib, ularning 3,9 mln nafari xalqaro yo‘nalishda, qolgan 620 ming nafari ichki reyslarda parvoz qilgan. Poytaxt aeroportida amalga oshirilgan reyslar soni 37 526 tani tashkil qilib, 18 foizlik o‘sishga erishdi. Yil boshidan buyon mamlakat aeroportlari orqali 38 863 tonna yuk va pochta jo‘natmalari tashilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yil darajasida saqlanib qolgan. Uzbekistan Airports xizmatlar sifatini yaxshilash, yangi yo‘nalishlar ochish va yangi aviakompaniyalarni jalb etish bo‘yicha ishlar olib borilganini ta’kidlamoqda. Hozirgi kunda O‘zbekistonda parvoz qiluvchi aviakompaniyalar soni 60 tani, shu jumladan 12 ta charter tashuvchini tashkil qilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

6 oyda 7 milliondan ortiq yo‘lovchi O‘zbekiston aeroportlaridan foydalangan | Vaqt.uz