Logo

Eng yaxshi mikrokredit va avtokredit stavkalarini qaysi banklar taklif qilmoqda?

Bugun 11:552 daqiqa

Markaziy bank mamlakatdagi tijorat banklari taklif qilayotgan mikroqarz va avtokreditlarning yangilangan foiz stavkalarini ma’lum qildi.

Eng yaxshi mikrokredit va avtokredit stavkalarini qaysi banklar taklif qilmoqda?

Markaziy bank 2026 yil 10-avgust holatiga ko‘ra, mamlakatdagi tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilayotgan mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarini ma’lum qildi.

Yangi haftada mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 29,4 foizni, avtokreditlar bo‘yicha esa 21,3 foizni tashkil etdi.

Mikroqarzlar

Mikroqarzlar segmentida eng past foiz stavkasi 22,9 foiz bilan «Aloqabank»da qayd etildi. Keyingi o‘rinlarda «Trastbank» — 23,8 foiz, «Infinbank» — 24,0 foiz, «Asia Alliance bank» — 24,5 foiz va «Milliy bank» — 24,9 foiz stavka bilan joylashdi.

Shuningdek, «Universal bank» 25,4 foiz, «BRB» 25,9 foiz, «Agrobank» 26,5 foiz, «Xalq banki» va «Mikrokreditbank» 26,7 foiz, «OFB» 26,8 foiz, «Asaka bank» 27,0 foiz, «Poytaxt bank» va «SQB» 27,3 foiz stavkada mikroqarz taklif qilmoqda.

Yuqori segmentda «Turon bank» 28,9 foiz, «Hamkorbank» 30,3 foiz, «Madad Invest bank» 30,7 foiz, «Apex bank» 31,2 foiz, «Garant bank» 31,3 foiz va «Ipak yuli bank» 32,3 foiz stavka taklif qilmoqda.

Eng yuqori stavkalar «Ipoteka bank»da 33,8 foiz, «Davr bank»da 34,4 foiz, «Tenge bank»da 35,4 foiz, «TBC bank»da 36,2 foiz, «Uzum bank»da 38,0 foiz, «AVO bank»da 39,9 foiz va «Anor bank»da 41,1 foiz bilan qayd etildi.

1


Avtokreditlar

Avtokreditlar bo‘yicha eng past stavka 18,7 foiz bilan «BRB»da qayd etildi. Keyingi o‘rinlarda «Ipoteka bank» — 19,1 foiz, «Aloqabank» — 19,6 foiz, «Davr bank» — 20,0 foiz va «Apex bank» — 20,8 foiz stavka bilan joylashdi.

Shuningdek, «Infinbank» va «Milliy bank» 21,3 foiz, «SQB» 21,5 foiz, «Ipak yuli bank» 21,6 foiz, «OFB» 22,1 foiz, «Turon bank» 22,3 foiz, «Asaka bank» 22,4 foiz, «Garant bank» 22,6 foiz va «TBC bank» 22,7 foiz stavkada avtokredit ajratmoqda.

Yuqori segmentda «Asia Alliance bank» 22,9 foiz, «Agrobank» 23,8 foiz, «Mikrokreditbank» 23,9 foiz, «Trastbank» 24,6 foiz hamda «Hamkorbank» 26,9 foiz stavka taklif qilmoqda. Hozirgi ma’lumotlarga ko‘ra, avtokreditlar bo‘yicha eng yuqori stavka «Hamkorbank»da qayd etilgan.

2


Teglar

Mavzuga oid