
Eron rasmiylariga Internet tarmog‘idan foydalanish taqiqlandi
17.06.2025 | 21:201922
Eron Kiber xavfsizlik boshqarmasi xavfsizlik organlari va rasmiy shaxslarga Internetga ulangan har qanday qurilmadan foydalanishni taqiqladi.

Eron Kiber xavfsizlik boshqarmasi rasmiylar va xavfsizlik idoralari xodimlariga ommaviy internet tarmoqlariga ulangan qurilmalardan foydalanishni cheklovchi ta’qiq e’lon qildi. Bu haqda mahalliy «Fars» axborot agentligi xabar berdi.
"Kiberxavfsizlik boshqarmasi amaldorlar va xavfsizlik idoralariga ommaviy tarmoqlarga ulangan har qanday qurilmadan foydalanishni taqiqladi", deya ta’kidlanadi agentlik xabarida.
Bunday ko‘rsatma o‘zaro zarbalar almashinuvi vaqtida berilgan.
2025 yil 13 iyunga o‘tar kechasi Isroil Eronga qarshi havo hujumi boshladi. Rasmiy Tel Avivning bayonotiga ko‘ra, bunga sabab Eron tomonidan amalga oshirilayotgan yashirin harbiy-yadroviy dastur bo‘lib, u «qaytish imkoni qolmagan nuqta»ga yaqinlashgan.





