Logo

Hafta davomida O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Bugun 15:351 daqiqa

O‘zgidromet 17-21-avgust kunlari mamlakat bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Hafta davomida O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin © Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva

Hafta davomida O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Ma’lumotlarga ko‘ra, faqat respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida 17-19-avgust kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Ko‘pchilik viloyatlarda kunduzgi havo harorati +33...+38 daraja atrofida, janubda ba’zi joylarda +40...+43 darajagacha bo‘ladi. Harorat kechalari +18...+23 daraja bo‘lishi kuzatiladi.

Shamol sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Shimolda 21-avgust kuni shamolning kuchayishi sekundiga 22-25 metrga yetishi mumkin.

Toshkent shahrida havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati bugun kunduzi +35 daraja atrofida, keyinchalik ish haftasining oxirigacha kechalari +20...+23 daraja, kunduz kunlari +35...+38 daraja bo‘ladi.

Shamol sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 10-14 metrgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid