JCH-2026. Fransiya va Marokash chorakfinalda
Mbappe turnirdagi 7-golini urib, Messiga yetib oldi.

Jahon chempionatida nimchorakfinal bahslari boshlandi.
Marokash mezbonlardan biri Kanadaga qarshi maydonga tushib javobsiz 3 ta gol urgan bo‘lsa, Fransiya Paragvayni Mbappening penaltidan urgan goli evaziga mag‘lub etdi. Bellashuvni o‘zbekistonlik hakam Ilgiz Tantashev boshqardi.
Fransuzlar yetakchisi ushbu turnirdagi gollarini 7 taga yetkazib, peshqadam Messiga tenglashdi.
Shu tariqa munlialning ilk chorakfinal juftligi ham ma’lum bo‘ldi — 9-iyul sanasida Fransiya va Marokash o‘zaro to‘qnashuvda yarimfinal yo‘llanmasini hal qilishadi.
JCH-2026. 1/8 final. 4-iyul
Paragvay — Fransiya 0:1
Gol: Mbappe (70, penalti).
Paragvay — Gill, Kaseres, Velaskes, G.Gomes (Maurisio, 71), Alderete (Kanale, 58), Alonso, Almiron (Avalos, 71), D.Gomes, Kubas, Galarza, Ensiso (Kaballero, 61).
Fransiya — Menyan, Kunde, Upamekano, Saliba, Din, Kone, Rabio, Dembele (Sherki, 84), Olise, Barkolya (Due, 61), Mbappe.
Ogohlantirishlar: Barkolya (19), Kone (81), Olise (90+7).
Kanada — Marokash 0:3
Gollar: Unai (50, 82), Rahimi (90+8).
Kanada — Krepo, Jonston, Bombito, de Fugerolles, Lareyya (Shaffelburg, 78), Byukenen (Nelson, 87), Sigur (Osorio, 87), Eushtakiu, Ahmad (Promis, 78), Oluvaseyi (Larin, 63), Devid.
Marokash — Bunu, Hakimi, Diop (Saadan, 87), Halhal, Mazraui, Buaddi (Amrabat, 63), Al Aynaui, Dias, Unai (Al Murabet, 87), Al Hannus (Talbi, 63), Saybari (Rahimi, 22).
Ogohlantirishlar: Halhal (20), Hakimi (40), Lareyya (40), Devid (43), Unai (45), Al Hannus (45+6), de Fugerolles (49), Larin (67).

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati 2026
JCH-2026 o‘yinlariga oid barcha xabarlar bitta havolada.





