Logo

JCH-2026. Norvegiya Holandning dubli evaziga Braziliyani turnirdan chiqarib yubordi

Bugun 03:201 daqiqa

Neymar yana jahon chempionatini yutolmadi. Vikinglar chorakfinalda Meksika — Angliya juftligi g‘olibiga qarshi o‘ynaydi.

JCH-2026. Norvegiya Holandning dubli evaziga Braziliyani turnirdan chiqarib yubordi

Jahon chempionatida 1/8 finalning markaziy bahslaridan biri Braziliya Norvegiyaga yutqazib, musobaqa bilan xayrlashdi. Holandning dubliga Neymar penaltidan bir bor javob berdi.

Bellashuv boshida yevropaliklar posboni Nyuland penaltini bartaraf etdi. Shuningdek, u yana bir necha vaziyatlarda jamoasini muqarrar gollardan asrab qoldi.

«Manchester Siti» hujumchisi turnirdagi gollarini 7 taga yetkazib, to‘purarlar Messi va Mbappe bilan tenglashib oldi.

Norvegiya chorakfinalda Meksika — Angliya juftligi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.

JCH-2026. 1/8 final
Braziliya — Norvegiya 1:2

5-iyul, Ist-Ruterford
Gollar: Neymar (90+10, penalti) — Holand (79, 90).
Foydalanilmagan penalti: Gimaraes (14).
Braziliya — Alisson, Danilo, Markinos, Gabriel, Duglas, Kazemiro, Gimaraes (Ederson, 79), Rayan (Danilo, 67), Martinelli (Neymar, 67), Vinisius, Kunya (Endrik, 58).
Norvegiya — Nyuland, Ryuerson (Eursnes, 63), Ayer, Heggem, Volfe (Ostigor, 90+5), Edegor, Berge, Berg, Nusa (Shelderup, 46), Syorlot (Bobb, 46), Holand.
Ogohlantirish: Neymar (90+6).

Россия - Украина уруши

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati 2026

JCH-2026 o‘yinlariga oid barcha xabarlar bitta havolada.

Mavzuga oid