Modi O‘zbekistonga keldi
Bugun 19:151 daqiqa
Aeroportda uni prezident Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.
© Foto: president.uzO‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Hindiston bosh vaziri Narendra Modi davlat tashrifi bilan Toshkent shahriga keldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
«Toshkent-Humo» xalqaro aeroportida Modini prezident Mirziyoyev kutib oldi.
Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.
Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga, 30-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.





