Osmonni quchganlar va yerdagi umidlar: Xastimom majmuasidan bahoriy fotoreportaj

24.02.2026 | 12:251 daqiqa

Qishning so‘nggi haftasida yana salqin rutubatli kunlar boshlanishidan avval poytaxtda havo bir isib oldi. Bahoriy kunlarda Xastimom maydoni varrak uchirayotgan bolalar bilan to‘ldi. VAQT.UZ fotomuxbiri Javhar Chorshanbiyeva tayyorlagan fotojamlanmani e’tiboringizga havola etamiz.

Osmonni quchganlar va yerdagi umidlar: Xastimom majmuasidan bahoriy fotoreportaj

Fevralning so‘nggi haftasi. Qish asta-sekin o‘z o‘rnini bahorga bo‘shatib bermoqda. Kunlar sezilarli darajada isib, qalin ust-boshlar o‘rnini yorqin liboslar egallagan, shaharda muzqaymoq mavsumi ham allaqachon boshlanib ulgurgan.

Keng, toza, tarixiy qiymatga ega Xastimom majmuasi maydonida o‘ziga xos jonlanish: sokin sayr qilayotgan bobo-buvilar, farzandiga termulgan ota-onalar va bahor nashidasini surayotgan juftliklar. Osmon turfa varraklarga, maydon esa bolalarning shodon kulgusi, ota-onasiga qilayotgan erkaliklari va kichik xarxashalariga to‘lgan.

Ammo hayot faqat o‘yindan iborat emas: bu shovqinli manzara chekkasida, qo‘lidagi varraklarni sotib o‘tirgan, tirikchilik ilinjidagi murg‘ak yelkalar va o‘ychan nigohlar ham ko‘zga tashlanadi. Yerdagi hayot tashvishlari va osmondagi umid uchqunlari tutashgan manzaralar —Vaqt.uz ning bahor ostonasidagi maxsus fotoreportajida.

hastimom 01

hastimom 02

hastimom 03

hastimom 04

hastimom 05

hastimom 06

hastimom 07

hastimom 08

hastimom 09

hastimom 10

hastimom 11

hastimom 12

hastimom 13

hastimom 14

hastimom 15

hastimom 16

hastimom 17

hastimom 18

hastimom 19

hastimom 20

hastimom 21

hastimom 22

hastimom 23

hastimom 24

hastimom 25

Teglar

Javhar Chorshanbiyeva

Javhar ChorshanbiyevaMaqolalar soni: 16

Barchasi

Mavzuga oid