add

Samarqandning mashhur «qo‘ziqorinsimon uyi» buzilmoqda

28.07.2025 | 20:2423143

Samarqanddagi 12 qavatli mehmonxona rasmiy hujjatlarsiz qurilgani sababli sud qarori bilan buzilmoqda. Ob’ektning seysmik holati ham xavfli deya baholangan.

Samarqandning mashhur «qo‘ziqorinsimon uyi» buzilmoqda
Samarqand shahridagi «qo‘ziqorin uy» nomi bilan mashhur bo‘lgan 12 qavatli mehmonxona rasman buzila boshlandi. Mahalliy hokimiyat ma’lumotiga ko‘ra, mazkur inshoot shaharsozlik hujjatlarisiz, qonun talablari buzilgan holda qurilgan. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi xabariga ko‘ra, mazkur ob’ekt fuqaro F.Xalilov tomonidan qurilgan bo‘lib, uning qurilishi bir necha marta tegishli idoralar tomonidan to‘xtatishga chaqirilgan. Shu bilan birga, binoning seysmik jihatdan talablarga javob bermasligi, foydalanish uchun xavfli ekani aniqlangan. «Ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘layotgan bu bino bo‘yicha Respublika komissiyasi xulosasi va 2022 yilning 6 iyul kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Toyloq tumanlararo sudi tomonidan F.Xalilovga Samarqand tumani «Jo‘yisoy» MFY hududidagi o‘ziga tegishli bo‘lgan o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ravishda qurilgan 12 qavatli bino-inshoot (mehmonxona)ni o‘z hisobidan buzishi to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqarilgan va ijro uchun yuborilgan», deyiladi vazirlik axborotida. Bu qarorni ijro etish yuzasidan Samarqand shahar hokimligi va tegishli organlar tomonidan amaliy ishlar boshlangan.

Teglar

Mavzuga oid

Samarqandning mashhur «qo‘ziqorinsimon uyi» buzilmoqda | Vaqt.uz