Shavkat Mirziyoyev ertaga Qozog‘istonga boradi

Tashrif davomida Turkiston deklaratsiyasini qabul qilish rejalashtirilgan.

Shavkat Mirziyoyev ertaga Qozog‘istonga boradi © Foto: president.uz

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning taklifiga binoan 15-may kuni amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

Davlat rahbari Turkiston shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining «Sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish» mavzusidagi norasmiy sammitida ishtirok etadi.

Tadbir davomida ko‘p tomonlama hamkorlikni, birinchi navbatda, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, transport-kommunikatsiya va ekologiya sohalarida hamda raqamli infratuzilmani rivojlantirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va sun’iy intellektni amalda qo‘llash borasida yanada kengaytirish xususida so‘z yuritiladi.

Delegatsiyalar rahbarlari xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalarni ham muhokama qiladi.

Tadbir yakunida Turkiston deklaratsiyasini qabul qilish ko‘zda tutilgan.

Teglar

Mavzuga oid

Shavkat Mirziyoyev ertaga Qozog‘istonga boradi | Vaqt.uz