Logo

Shavkat Mirziyoyev SHHTning Bishkek sammitida ishtirok etadi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31-avgust — 1-sentabr kunlari SHHT sammiti va «SHHT plyus» uchrashuvida qatnashadi.

Shavkat Mirziyoyev SHHTning Bishkek sammitida ishtirok etadi © president.uz

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan 31-avgust — 1-sentabr kunlari amaliy tashrif bilan Bishkek shahrida bo‘ladi.

Davlat rahbari Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi. Shuningdek, «SHHT plyus» formatidagi uchrashuvda ham qatnashadi.

Sammit kun tartibidan tashkilot doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish va SHHT faoliyatini takomillashtirishga oid dolzarb masalalar o‘rin olgan. Xalqaro va mintaqaviy hamkorlik mavzulari ham muhokama qilinadi.

Yig‘ilish yakunida SHHTning 25 yilligiga bag‘ishlangan Bishkek deklaratsiyasi hamda xavfsizlik, iqtisodiyot, transport, ekologiya, sun’iy intellekt, madaniy-gumanitar almashinuv va hamkorlikning boshqa ko‘plab yo‘nalishlarida sheriklikni kengaytirishga qaratilgan hujjatlar to‘plamini qabul qilish rejalashtirilgan.

Sammit doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston yetakchisi VI Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilish marosimida ham ishtirok etadi.

Teglar

Mavzuga oid