
To‘y ortidagi hiyla: Eron Netanyahuning yolg‘oniga aldandi
27.06.2025 | 21:3035443
Binyamin Netanyaxu o‘g‘lining to‘yini bahona qilib, Eron rahbariyatini strategik operatsiya oldidan chalg‘itishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda The Wall Street Journal o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu «Uyg‘ongan sher» harbiy operatsiyasi arafasida Eronni chalg‘itish uchun oilaviy tantanadan foydalandi. U bir necha kun oldin o‘g‘li Avnerning 16 iyunga rejalashtirilgan nikohi munosabati bilan ta’tilga chiqqanini e’lon qildi.
The Wall Street Journal nashrining yozishicha, bu bayonot Tehrondagi hukumatni noto‘g‘ri fikrga olib kelish maqsadida berilgan. Chunki Eron rahbariyati 17 iyundan oldin hech qanday zarba bo‘lishiga ishonmagan.
Maqolaga ko‘ra, Netanyaxuning shaxsiy hayotidagi voqelikdan strategik hiyla sifatida foydalanilgan. Hatto turmush o‘rtog‘i Sara va o‘g‘li Avner ham to‘y qoldirilishidan bexabar bo‘lgan. Bosh vazir o‘zini odatdagidek tutib, Eron tomonini aldashga erishgan.
Bundan tashqari, Isroil va Amerika ommaviy axborot vositalarida Tramp va Netanyaxu o‘rtasida ziddiyat mavjudligi, AQSH Eronga qarshi zarbaga rozi emasligi kabi xabarlar tarqatilgan. Ushbu axborot ham kampaniyaning bir qismiga aylangan.
19 iyun kuni Netanyaxu Eronning Isroilga raketa zarbalari haqida fikr bildirib, «mening oilam ham shaxsiy to‘lov to‘ladi, chunki o‘g‘lim to‘yini ikkinchi marta qoldirishga majbur bo‘ldi», deb aytgan.





