add

Tramp: Eronda hokimiyat almashishi mumkin

AQSH prezidenti Donald Tramp Eronda hukumat rahbarlari o‘zgarishi mumkinligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar mavjud rejim mamlakatni taraqqiy ettira olmasa, uning o‘zgarishi tabiiy hol bo‘ladi.

Tramp: Eronda hokimiyat almashishi mumkin
Tramp bu bayonotini Truth Social tarmog‘ida e’lon qildi. U “rejim o‘zgarishi” atamasidan qochgan holda, Eronni yana buyuk qilishga qodir bo‘lmagan hukumatni o‘zgartirish zarurligini ilgari surdi. Uning ta’kidlashicha, mavjud hukumat Eron manfaatlari yo‘lida samarali harakat qilmayapti. Prezident avvalroq AQSH harbiy-havo kuchlari Erondagi bir necha yadroviy inshootlarga zarba berganini ma’lum qilgan edi. Jumladan, Natanz, Fo‘rdu va Isfahonda joylashgan ob’ektlarga B-2 bombardimonchi samolyotlari orqali zarbalar berilgan. Tramp bu operatsiyani "muvaffaqiyatli" deb baholadi. Eron davlat axborot agentligi “Fars”ning yozishicha, Fordo yadroviy inshootiga kichik zarar yetgan, boshqa ob’ektlardagi aniq yo‘qotishlar hozircha oshkor qilinmagan. Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik esa radiatsiya oqishi qayd etilmaganini bildirdi. Mazkur vaziyatga javoban, Eron prezidenti Mas’ud Pizishkiyon Amerika zarbalari uchun javob qaytarilishini ta’kidladi. Uning fikricha, yadroviy infratuzilmaga qilingan hujum xalqaro huquqni buzish hisoblanadi.

Teglar

Mavzuga oid

Tramp: Eronda hokimiyat almashishi mumkin | Vaqt.uz