add

Tramp Grenlandiya bo‘yicha bojlar fikridan qaytgach, bozorlar o‘sishni boshladi

Bugun 16:381 daqiqa

Tramp Grenlandiyani AQSH qo‘shib olishiga qarshi bo‘lgan bir qancha Yevropa davlatlariga qo‘yilgan bojlar kuchga kirmasligini aytib o‘tdi, buning ortidan kriptobozorlar o‘sa boshladi.

Tramp Grenlandiya bo‘yicha bojlar fikridan qaytgach, bozorlar o‘sishni boshladi

AQSH Prezidenti Donald Tramp Davosda o‘tayotgan Jahon iqtisodiy forumida bugun Grenlandiya mavzusiga yana to‘xtalib o‘tdi. O‘z nutqida u Fransiya, Daniya, Germaniya, Shvetsiya, Norvegiya va bir qator davlatlarga joriy qilinishi va’da qilingan bojlar hozircha kiritilmasligini aytib o‘tgan. U o‘z qarorini Grenlandiya bo‘yicha Yevropa davlatlari bilan bo‘lib o‘tgan maslahat uchrashuvlaridagi samarali natijalar bilan izohlagan.

 

Kriptobozorning reaksiyasi

Kriptobozor Yevropaga bojlar joriy etilishi mumkinligi to‘g‘risidagi xabarlardan so‘ng sezilarli narx tushishini boshidan o‘tkazgan edi. Tramp o‘z bojlarini bekor qilishi esa bitkoin va altkoinlarda narx qayta ko‘tarilishiga sabab bo‘lmoqda. Jumladan, 87 ming dollargacha tushib ketgan bitkoin narxi, bojlar bekor qilinishi haqidagi xabar ortidan yana 90 ming dollarlik dovondan o‘tib oldi.

 

Oltin va kumush esa orada sarson

Bojlar bekor bo‘lishi haqidagi yangilik oltin va kumush narxlarining tushishiga ham olib keldi. Bojlar haqidagi yangilik ushbu ikki resurs narxini juda ham oshirib yuborgan bo‘lsa, narx tushishi haqidagi xabar esa, ikkala qimmatli metall narxi tushishiga ham sabab bo‘ldi. Jumladan, oltin narxi bojlar e’lon qilingan so‘ng birjada 4900 dollarga yaqinlashib qolgan edi, bojlar bekor qilingan metall narxi 4750 dollargacha tushib ketdi.

Teglar

Mavzuga oid