add

Tramp: «Putin bilan behuda uchrashishga vaqtimni sarflamoqchi emasman»

26.10.2025 | 09:283041

AQSH prezidenti Donald Trampning bildirishicha, u faqat Ukrainada tinchlik kelishuvini muhokama qilish bo‘yicha aniq kelishuv mavjud bo‘lsagina Vladimir Putin bilan uchrashishga tayyor.

Tramp: «Putin bilan behuda uchrashishga vaqtimni sarflamoqchi emasman»

25-oktabr kuni AQSH prezidenti Donald Tramp Kreml rahbari Vladimir Putin bilan ehtimoliy muzokaralar haqida o‘z pozitsiyasini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, har qanday uchrashuv faqat birgina holatda — Ukrainada tinchlik kelishuvini muhokama qilishga tayyorlik bo‘lgandagina bo‘lishi mumkin.

«Men Putin bilan faqat Ukrainada tinchlik kelishuviga erishish bo‘yicha to‘liq anglashuv mavjud bo‘lsa, uchrashaman», — dedi Tramp jurnalistlar savoliga javoban.

Amerika rahbari diplomatik muloqotlar faqat aniq natija berishi mumkin bo‘lgan holdagina ma’no kasb etishini ta’kidladi.

«Biz nimaga kelishmoqchi ekanimizni aniq bilishimiz kerak. Men vaqtimni bunday narsaga sarflamoqchi emasman», — dedi Tramp.

Eslatib o‘tamiz, ilgari Tramp va Putin Budapeshtda uchrashishi rejalashtirilgan edi. Biroq AQSH prezidenti muzokaralarni bekor qilib, shundan so‘ng Rossiyaning yoqilg‘i sohasiga qarshi yangi sanksiyalar joriy etdi. Bu Vashingtonning Moskvaga nisbatan so‘nggi haftalardagi eng qattiq siyosiy chorasi bo‘ldi.

Teglar

Mavzuga oid

Tramp: «Putin bilan behuda uchrashishga vaqtimni sarflamoqchi emasman» | Vaqt.uz