add

Yer osti dunyosi: Toshkent metrosining parallel ritmi — fotojamlanma

Bugun 16:301 daqiqa

Vaqt.uz fotomuxbiri Javhar Chorshanbiyeva poytaxt metrosidagi parallel hayot va kontrastlarga to‘la muhitni obyektivga muhrladi.

Yer osti dunyosi: Toshkent metrosining parallel ritmi — fotojamlanma

Toshkent shahrining ostida yana bir shahar yashaydi. Uning o‘z vaqti, o‘z qonunlari va tinimsiz oqayotgan parallel ritmi bor. Metropoliten — shunchaki manzilga eltuvchi transport emas, balki minglab taqdirlar kesishadigan makondir. Vagondan vagonga ko‘chib yurgan nigohlarda kunlik tashvishlar yuki, horg‘inlik va chuqur o‘ychanlik aks etadi.

Ammo bu «kulrang» sukunatga haqiqiy rang va jilo berib turuvchilar ham bor. Bular – atrofga o‘zgacha hayrat bilan boqayotgan bolakaylar, bir-biriga termulib dunyoni unutgan baxtli juftliklar va shahar shovqinidan panada o‘z kichik olamini yaratgan oilalardir. Aynan ular yer ostidagi ushbu dunyoga tiriklik va iliqlik bag‘ishlab turadi.

Vaqt.uz muxbiri poytaxt metrosidagi ana shu parallel hayot va kontrastlarga to‘la muhitni obektivga muhrladi.

Teglar

Javhar Chorshanbiyeva

Javhar ChorshanbiyevaMaqolalar soni: 7

Barchasi

Mavzuga oid