819 mln so‘mlik oltin quymalarini noqonuniy olib chiqishga urinish fosh etildi

03.03.2026 | 09:371 дақиқа

Andijon viloyatida qariyb yarim kilogramm oltinni chegara orqali yashirincha olib chiqishga urinish to‘xtatildi.

819 mln so‘mlik oltin quymalarini noqonuniy olib chiqishga urinish fosh etildi

Andijon viloyatida 473 gramm oltin quymalarini Qirg‘iz Respublikasiga noqonuniy olib chiqishga urinish fosh etildi. Bu haqda DXX axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Baliqchi tumanida yashovchi 1985 yilda tug‘ilgan ayol va uning 2006 yilda tug‘ilgan qizi umumiy qiymati 819 mln so‘mlik 7 dona nostandart shakldagi oltin quymalarni kiyimlari ostiga yashirgan. Ular ushbu qimmatbaho metallni Xo‘jaobod tumanidagi «Do‘stlik» chegara bojxona posti orqali olib o‘tmoqchi bo‘lgan vaqtda to‘xtatib qolingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 182-moddasi, ya’ni bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzishning 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mutasaddilar fuqarolarni bu kabi qonunbuzilish holatlari haqida Davlat xavfsizlik xizmatining 1520 qisqa raqami orqali xabar berishga chaqirmoqda. Qayd etilishicha, murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Теглар

Мавзуга оид