Aliyev Pezeshkiyonga: Siz Gruziya suvini ichyapsiz, Ozarboyjonnikini tatib ko‘ring
Eron prezidenti «Borjomi» ichayotgan edi. Ular ozarboyjon tilida gaplashdi.
© Report.azOzarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Bishkekda Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bilan rasmiy uchrashuvdan oldin unga Kelbajar hududida ishlab chiqariladigan «Istisu» mineral suvini tatib ko‘rishni taklif qildi.
Ozarboyjon va Eron prezidentlarining uchrashuvi boshlanishidan oldin ular o‘rtasida iliq va samimiy suhbat bo‘lib o‘tdi.
Aliyev Pezeshkiyonga «Borjomi» — Gruziyada ishlab chiqariladigan mineral suv quyilganini ko‘rib, unga Ozarbayjonning Kelbajardan keltirilgan «Istisu» suvini ham tatib ko‘rishni taklif qildi.
«Siz Gruziya suvini ichyapsiz, Ozarboyjon suvini ham ichib ko‘ring. Bu yerda ajoyib ‘Istisu’ bor», — dedi Aliyev.
Pezeshkiyon suvdan tatib ko‘rdi va uning reaksiyasiga qaraganda, suv unga yoqqanga o‘xshaydi. Yana bir e’tiborli jihati — prezidentlarning bu suhbati ozarbayjon tilida bo‘lib o‘tgan.





