Logo

«Asia Alliance Bank» boshqaruvida muhim tayinlovlar amalga oshirildi

Бугун 14:251 дақиқа

Bank boshqaruvida bir vaqtning o‘zida uch nafar yangi rahbar tasdiqlandi. «Asia Alliance Bank» biznesni kengaytirish va raqamli transformatsiyani jadallashtirish maqsadida boshqaruv jamoasini kuchaytirmoqda.

«Asia Alliance Bank» boshqaruvida muhim tayinlovlar amalga oshirildi

Dilshod Po‘latov Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. «O‘zuyjoyjamg‘armabank» va «Kapitalbank»da (g‘aznachilik, moliyaviy tahlil hamda aktiv va passivlarni boshqarish yo‘nalishlarini kuratorlik qilgan) ko‘p yillik tajribaga ega.

Рисунок2

2025-yil sentabrdan 2026-yil aprelgacha «Poytaxtbank» boshqaruviga rahbarlik qilgan, shundan so‘ng «Asia Alliance Bank» Boshqaruvi raisi maslahatchisi lavozimida ishlagan.

Рисунок3

Jahongir Umarov Boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimini egalladi. Korporativ biznes, investitsiyalar va risklarni boshqarish bo‘yicha tajribali mutaxassis. Faoliyatini «Asakabank»da boshlagan, keyinchalik esa bevosita «Asia Alliance Bank»da kredit tavakkalchiliklari va korporativ mijozlarni kreditlash yo‘nalishlarini rivojlantirgan.

Рисунок4

Ilhom Isamutdinov ham Boshqaruv raisi o‘rinbosari etib tasdiqlandi. U texnologik rivojlanish yo‘nalishiga mas’ul bo‘ladi. Avval «Turonbank»ning IT-blokida ishlagan, 2016–2022-yillarda «Asia Alliance Bank»da axborot texnologiyalari sohasida rahbarlik lavozimlarini egallagan, keyinroq esa FIDOBIZNES fintex-kompaniyasida mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

Top-menejment tarkibining yangilanishi yangi raqamli mahsulotlarni ishga tushirish va bankning O‘zbekiston bozoridagi mavqeini mustahkamlash uchun moliya, risk-menejment va IT sohalaridagi tajribani birlashtiradi.
 

Reklama

Теглар

Мавзуга оид